Prezident sovg‘alari topshirildi

Nukus shahridagi umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, maxsus maktab internatlar va Mehribonlik uylarida ta’lim-tarbiya olayotgan, muntazam sport bilan shug‘ullanayotgan qizlarga Prezident sovg‘asi – sport kiyimlari topshirildi.

Sana: 11-mart 2013 yil | O'qildi: 1049 marta
Batafsil ma'lumot

Til bilgan-el biladi

     O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vaziri Temir Shirinovich Shirinov 2013 yil 4-6 fevral kunlari Qoraqalpog`iston Respublikasida ta`lim muassasalarida o`quv-tarbiya jarayonini yaxshilashga, ilg`or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishga, o`quvchilar tomonidan chet tillardan va informatika asoslaridan bilim olishini ta`minlashga qodir bo`lgan kasbiy tayyorgarlikka ega va zamonaviy fikrlaydigan pedagog kadrlar bilan ta`minlash masalalari yuzasidan umumta`lim maktablariga tashrif buyurdi

Sana: 05-fevral 2013 yil | O'qildi: 5495 marta
Batafsil ma'lumot

Xorijiy tillarni bilish – davr talabi

Poytaxtimizdagi nemis tiliga ixtisoslashgan 60-umumta’lim maktabining 15 nafar o‘qituvchisi O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Multimediali umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazida "Interfaol doskalar bilan ishlash murabbiyi” yo‘nalishi bo‘yicha o‘qitildi. Bu esa o‘quv muassasasida xorijiy tillarni o‘zlashtirish jarayoniga eng zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish imkonini beradi. Xususan, interfaol doskalar imkoniyatlaridan foydalanish xorijiy tillarni o‘qitishni yanada samarali va sifatli bo‘lishini ta’minlabgina qolmay, uni har bir bolani qiziqtirib qo‘yadigan zavqli o‘yinga aylantiradi.

Sana: 01-fevral 2013 yil | O'qildi: 1526 marta
Batafsil ma'lumot

Har birimizda g`urur tuyg`usi bor

Lekin bu tuyg`uni amaliy ishlar bilan yanada mustahkamlash kerak.

Istiqlolning dastlabki kunlaridanoq mamlakatimizda o`sib kelayotgan navqiron avlodni Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligi va bevosita tashabbusi bilan malakali mutaxassis, el-yurt koriga yaraydigan, Vatanga sadoqatli shaxs etib voyaga yetkazish borasida beqiyos islohotlar amalga oshirildi. Bu bejiz emas. Zero, yoshlar - Vatan kelajagi, bizning umid va ishonchimizdir

Sana: 24-yanvar 2013 yil | O'qildi: 1090 marta
Batafsil ma'lumot

Ilg‘or ta’lim-tarbiya

Nukus shahridagi 37-"Naushe” maktabgacha ta’lim muassasasida 265 nafar o‘g‘il-qiz ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida samarali ta’lim-tarbiya olmoqda.

Mamlakatimiz ta’lim-tarbiya sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, ezgu ishlar samarasida moddiy-texnik bazasi mustahkamlanib, zamonaviy shart-sharoitga ega bo‘lgan mazkur maskanda tarbiyalanayotgan har bir o‘g‘il-qiz alohida e’tiborda.

Sana: 21-yanvar 2013 yil | O'qildi: 1067 marta
Batafsil ma'lumot



Inson bilimga intiladi va qachonki unda bilimga tashnalik so‘nsa, u insoniylikdan mahrum bo‘ladi.

F. NANSEN