Ingliz tilini o`rganishda zamonaviy AKTdan foydalanish

O`zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi hamda Britaniya Kengashining O`zbekistondagi vakolatxonasi hamkorlikda "Ingliz tilini o`rganishda zamonaviy AKTdan foydalanish" loyihasi seminar-treningining ochilish marosimi Yakkasaroy tumaninga qarashli 89-umumiy o`rta ta'lim maktabida bo`lib o`tdi.

Sana: 16-yanvar 2013 yil | O'qildi: 1348 marta
Batafsil ma'lumot

Eng yaxshi elektron axborot ta`lim resurslari-2013

Xalq ta`limi vazirligi huzuridagi Multimediya umumta'lim dasturlarini rivojlantirish markazida "Eng yaxshi elektron axborot ta'lim resurslari-2013"  respublika ko`rik-tanlovi bo`lib o`tdi.
Xalq ta'limi tizimidagi pedagog xodimlar orasidan ilg`or, tashabbuskor, ijodkor, iste'dodlilarini aniqlash, yoshlarni barkamol shaxslar etib tarbiyalayotgan, o`quv jarayonida zamonaviy axborot-kommunikasiya va pedagogik texnologiyalarni samarali qo`llayotgan pedagoglarning ijodiy faolligini oshirish, tuman (shahar), viloyat, Respublika miqyosida fidoiy, yuksak kasb mahoratiga ega bo`lgan eng yaxshi iqtidorli o`qituvchilarni qo`llab-quvvatlash, aniqlangan ilg`or tajribalarni ommalashtirish maqsadida o`tkazilgan ushbu ko`rik tanlovda o`quv, o`yin va trenajyorlar, nazorat qiluvchi dasturlar, ta'limni targ`ibot qiluvchi taqdimotlar, o`rgatuvchi dasturlar (electron qo`llanmalar, didaktik materiallar, dars jarayoni va maktab boshqaruvini avtomatlashtirilgan ish joylari) bo`yicha ishlar o`rganib chiqildi.

Sana: 16-yanvar 2013 yil | O'qildi: 1995 marta
Batafsil ma'lumot

Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori

Qayd etib o‘tilsinki, mamlakatda O‘zbekiston Respublikasining "Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunini hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish doirasida chet tillarga o‘qitishning kompleks tizimi, ya’ni uyg‘un kamol topgan, o‘qimishli, zamonaviy fikrlovchi yosh avlodni shakllantirishga, respublikaning jahon hamjamiyatiga yanada integratsiyalashuviga yo‘naltirilgan tizim yaratildi.

Sana: 15-dekabr 2012 yil | O'qildi: 1185 marta
Batafsil ma'lumot

"Konstitutsiyamiz - huquq va erkinligimiz kafolati" oyligi davom etmoqda

O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining 2012 yil 11 oktyabrdagi "O'quvchilar o'rtasida "Prezident asarlarini o'rganamiz" ko'rik-tanlovini o'tkazish to'g'risida"gi 299-sonli buyrug'i asosida mazkur tanlovning Qoraqalpog'iston Respublikasi bosqichi Respublika 2-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida o'tkazildi va tanlovga barcha tuman va shahar xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo'limiga qarashli maktab va ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchilari faol qatnashdilar.

Sana: 24-noyabr 2012 yil | O'qildi: 1174 marta
Batafsil ma'lumot

Avgust kengashlariga tayyorgarlikni tashkil etish yuzasidan seminar o`tkazildi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 19 iyundagi «O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma bir yillik bayramiga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish to`g`risida»gi PQ-1776-sonli qarori va Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligining 2012 yil 22 iyundagi «2012-2013 o`quv yiliga puxta tayyorgarlik ko`rish va xalq ta`limi xodimlarining an`anaviy Avgust kengashlariga tayyorgarlikni tashkil etish va o`tkazish tug`risida»ga 150-sonli buyrug`i asosida "Taqdirimsan, baxtimsan, erkin va obod Vatan!” degan ezgu g`oyani o`zida mujassam etgan 2012 yil 2 avgust kuni Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi tasarrufidagi "Progress” ta`lim va rivojlantirish markazida seminar tashkil etildi.

Sana: 06-avgust 2012 yil | O'qildi: 1381 marta
Batafsil ma'lumot



Eng dovyurak odam ham toki unda qat’iy e’tiqod yo‘q ekan, nomardga aylanishi mumkin.

E. DELAKRUA