"Konstitutsiyamiz - huquq va erkinligimiz kafolati" oyligi davom etmoqda
O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining 2012 yil 11 oktyabrdagi "O'quvchilar o'rtasida "Prezident asarlarini o'rganamiz" ko'rik-tanlovini o'tkazish to'g'risida"gi 299-sonli buyrug'i asosida mazkur tanlovning Qoraqalpog'iston Respublikasi bosqichi Respublika 2-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida o'tkazildi va tanlovga barcha tuman va shahar xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo'limiga qarashli maktab va ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchilari faol qatnashdilar. Ko'rik-tanlovning natijasiga ko'ra 1-o'rinni Respublika 2-sonli ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o'quvchisi Joldasbaev Azat; 2-o'rinni Nukus shahar 27-sonli maktabning 9-sinf o'quvchisi qidirniyazova Rao'shan; 3-o'rinni qorao'zak tumani 28-sonli maktabning 9-sinf o'quvchisi Baltabaeva Dilfuzalar qo'lga kiritishdi. Shuningdek, ushbu ko'rik-tanlovda faol qatnashgan o'quvchilar Amudaryo tumani 33-sonli maktabning 9-sinf o'quvchisi Eshimbetova Dilfuza va Nukus tumani 1-sonli maktabning 9-sinf o'quvchisi Sarsenbaeva Anoralar vazirlikning esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar. O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining 2012 yil 11 oktyabrdagi "qadriyatlar beshigisan, aziz mahallam" shiori ostidagi "Mahallam tarixini o'rganaman" insholar tanlovini tashkil etish va o'tkazish to'g'risida"gi 300-sonli buyrug'i asosida umumiy o'rta ta'lim maktablarining 9-sinf o'quvchilari va maktabdan tashqari ta'lim muassasalarining (9-sinf yoshidagi) to'garak a'zolari o'rtasida o'tkazilgan "qadriyatlar beshigisan, aziz mahallam" shiori ostida "Mahallam tarixini o'rganaman" Respublika insholar tanlovining III bosqichi Nukus shahar 4-sonli umumta'lim maktabida o'tkazildi. Ishtirokchilarning ijodiy ishlarini ko'rib chiqqan holda hay'at a'zolari tomonidan 1-o'rinni Nukus tumani 9-sonli maktab o'quvchisi qaljanbaeva Nafisa, 2-o'rinni qorao'zak tumani 26-sonli maktab o'quvchisi Yusupbaeva Juldiz, 3-o'rinni Xo'jayli tumani 72-sonli umumta'lim maktabi o'quvchisi Erejepbaev Dastanbeklar sohiblari deb topildi va Qoraqalpog'iston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining "Faxriy yorliq" va esdalik sovg'alar bilan taqdirlandilar. Shuningdek, g'olib bo'lgan o'quvchilarning ijodiy insholari va hujjatlari tanlovning O'zbekiston Respublikasi miqyosida o'tkaziladigan yakuniy bosqichida ishtirok etish uchun tavsiya etildi.

Sana: 24-noyabr 2012 yil /// O'qildi: 995
Orqaga qaytish



Narsalarga qiziqishing yo‘qolsa, xotiringdan ham ayrilasan.

I. GYOTE