Avgust kengashlariga tayyorgarlikni tashkil etish yuzasidan seminar o`tkazildi
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 19 iyundagi «O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma bir yillik bayramiga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish to`g`risida»gi PQ-1776-sonli qarori va Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligining 2012 yil  22 iyundagi «2012-2013 o`quv yiliga puxta tayyorgarlik ko`rish va xalq ta`limi xodimlarining an`anaviy Avgust kengashlariga tayyorgarlikni tashkil etish va o`tkazish tug`risida»ga 150-sonli buyrug`i asosida "Taqdirimsan, baxtimsan, erkin va obod Vatan!” degan ezgu g`oyani o`zida mujassam etgan 2012 yil 2 avgust kuni Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi tasarrufidagi "Progress” ta`lim va rivojlantirish markazida seminar tashkil etildi. Seminarga O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligidan, Respublika Ta`lim markazidan xodimlar trenerlik qildi va respublikaning barcha tuman (shahar)laridan metodistlar, umumta`lim maktablarining o`quv ishlari buyicha direktor o`rinbosarlari, ilg`or o`qituvchilar jami 170 ga yaqin xalq ta`limi xodimlari ishtirok etishdi. Seminarda:

- "TAQDIRIMSAN, BAXTIMSAN, ERKIN VA OBOD VATAN!” shiori ostida mustaqillikning 21 yilligi bayram tadbirlarini tashkil etish;

- Xalq ta`limi tizimida amalga oshirilayotgan ishlar;

- Xalq ta`limi xodimlarining an`anaviy Avgust kengashlarini o`tkazishga tayyorgarlik ishlarining olib borilishi;

- 2011-2012 o`quv yilida o`quvchilar bilimida aniqlangan bo`shliqlar va ularni bartaraf etish yo`llari;

- O`quvchi ma`naviyatini shakllantirishda  tarbiyaviy soatlarning  ahamiyati;

- Ixtisoslashtirilgan davlat umumta`lim muassasalarining  o`quv reja va dasturlariga  kiritilgan o`zgarishlar va  ularni  amaliyotga tadbiq etish yo`llari;

- Dars muqaddas chora-tadbiri haqida;

- Ta`lim bosqichlari uzviyligi va uzluksizligini ta`minlash maqsadida optimallashtirilgan o`quv dasturlari asosida darsliklarga kiritilgan o`zgarishlar hamda yangiliklar;

-Ta`lim jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;

- 2011-2012 o`quv yilida ta`lim muassasalarini attestatsiyadan o`tkazish va akkreditatsiyalash rejasining bajarilishi holati;

- O`quvchi ma`naviyatini shakllantirishda  tarbiyaviy soatlarning  ahamiyati;

- Ta`lim bosqichlari uzviyligi va uzluksizligini ta`minlash maqsadida optimallashtirilgan o`quv dasturlari asosida darsliklarga kiritilgan o`zgarishlar hamda yangiliklar mavzularida taqdimotlar qilindi va seminar ishtirokchilari bilan diskussiya tarzida o`tkazildi.

Seminarda 150 nafar trener tayyorlandi va mazkur trenerlar an`anaviy Avgust kengashlariga tayyorgarlikni tashkil etish yuzasidan seminarlar 2012 yil 7-10 avgust kunlari barcha tuman (shahar)larda o`tkazish rejelashtirildi.

Sana: 06-avgust 2012 yil /// O'qildi: 1125
Orqaga qaytish



Umrning butun ma’nosi mavhumlikni to‘xtovsiz zabt etish, tobora va hamisha ko‘proq bilishga intilishdir.

E. ZOLYA