Ahmad Farg‘oniyning noyob asari Farg‘onaga olib kelindi
 

Ahmad Farg‘oniy nomidagi Farg‘ona viloyati axborot kutubxona markaziga Turkiya milliy kutubxonasi tomonidan qimmatli manba — Ahmad Farg‘oniyning turk tilida nashr qilingan nodir kitobi taqdim etildi.  O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida imzolangan memorandumga asosan, mamlakatimiz vakillari Anqarada bo‘lib kutubxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishgan edilar. Ana shu ijodiy safar samarasi natijasida Ahmad Farg‘oniyning asosiy noyob astronomik asari "Kitob al-harakat as-samoviya va javomi’ ilm an-nujum” ("Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum kitobi”) viloyat axborot kutubxona markazidan joy oldi.

Ushbu astronomikkitob XIIXIII asrlardaYevropada lotin tiliga ikki marta, Yevropa davlatlari tillarigabir necha marotaba tarjima qilinib universitetlarda astronomiyadan asosiy darslik sifatida qollanilgan. 1669 yili mashhur Golland matematigi va arabshunosi Yakob Golius al-Farg‘oniy asari arabcha matnini qayta va yangilangan lotincha tarjimasi bilan nashr ettirganidan so‘ng, al-Farg‘oniy shaxsiyati va uning asari Yevropada shuhrat qozondi.

"Ahmad Fargoniyning 1119 yilda yozilganushbu asari dunyoda yagona nusxa va u Turkiya milliy kutubxonasida saqlanmoqda. Shu kungacha kutubxonamizda allomaning hayoti va ijodi haqida ma’lumotlar, turli olimlarning risolalari bo‘lsa-da, bazamizda unga tegishli birorta asar yo‘q edi. Turkiya milliy kutubxonasi bilan bevosita hamkorligimiz natija berganidan va taklifimiz qanoatlantirilganidan juda xursand bo‘ldik. Turk tilidagi tarjima kitobi axborot texnologiyalardan yuqori unumda foydalanilgan holda chop etilgan.

Viloyat axborot kutubxona markazi xodimlari yil oxiriga qadar "Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum kitobi”ni o‘zbek tiliga mukammal tarjima qilib, kitobxonlar e’tiboriga havola etishni rejalashtirishgan.

 manba: xalq so'zi.

Sana: 05-iyul 2018 yil /// O'qildi: 79
Orqaga qaytish



Inson tushunib bo‘lmaydigan narsalarni ham tushunish mumkinligiga inonmog‘i lozim: aks holda, u bular haqida fikr yuritmay qo‘ygan bo‘lur edi.

I. GYOTE