Dunyodagi eng mashhur brendlar nomining ma’nosini bilasizmi?
Dunyodagi eng mashhur brendlar nomining ma’nosini bilasizmi?
   

Adobe

Mazkur nom Adobe Systems kompaniyasining asoschisi Jon Vornok uyi yaqinidagi Edobi (Adobe Creek) soyidan vujudga kelgan

Adobe kompaniyasining bosh ofisi. Foto: bigcorp.ru

Adidas

Dunyodagi eng taniqli sport kiyimlari ishlab chiqaruvchi bu brendga asoschi — Adi Dasler ismining qisqartma shakli berilgan
Apple

Stiv Jobs qo‘li ostidagi kompaniyaga uzoq muddatgacha munosib nom topilmadi. Bir kuni janob Stiv Agar kompaniyaga munosib nom topilmasa, uni Apple ("olma”) deb nomlashini aytdi (ayni o‘sha paytda u olma iste’mol qilayotgan edi). Barcha hodimlar buni hazil deb o‘ylashdi. Ish kunining so‘ngida esa Stiv Jobs qarori qat’iy ekanligini isbotladi. Keyinchalik kompaniya logotipiga ham aynan Stivning tishlangan olmasi tasviri qo‘yildi.

Apple kompaniyasi bosh ofisi. Manba: bigcorp.ru

Canon

Ushbu taniqli kompaniya nomi bag‘rikenglik xudosining (budda madaniyatida — Kwanon) ismidan olingan.
Daewoo

Kim Vu Chong o‘z kompaniyasini oddiygina Daewoo (koreys tilidan tarjima qilinganda "Ulkan borliq”) deb nomlashni ma’qul ko‘rgan.
Fujifilm

Mazkur marka Yaponiyadagi eng baland tog‘— Fudzi sharafiga qo‘yilgan.
Google

Bu so‘z kompaniyaning birinchi sarmoyadori chek qog‘ozida yozilgan va o‘z-o‘zidan shu nom kelib chiqqan. Aslida ingliz tilida yuzta noldan iborat raqam gugol deb ataladi. Kompaniya egalari gugol so‘zini eng yaxshi nom deb bilishgan. Ammo ro‘yhatdan o‘tayotgan vaqtda hatoga yo‘l qo‘yilib, "Gugl” (Google) deb yozishadi. Shundan beri, "gugol” o‘rniga "gugl” so‘zi qo‘llanib kelinadi.

Google kompaniyasining bosh ofisi. Foto: bigcorp.ru

HP

HP brendining nomlanishi kompaniyaning ikki asoschilari — Bill Hyulett (Hewlett) hamda Deyv Pakkard (Packard) ning familiyalari bosh harfidan kelib chiqqan.

HP kompaniyasi logotipi. Foto: bigcorp.ru

Hitachi

Bu yapon firmasining nomi "Yorug‘lik” deb tarjima qilinadi.
Hyundai

Mazkur nom koreys tilida "Zamonaviylik” degan ma’noni anglatadi.
Kodak

Kompaniya asoschisi — Jorj Istmen alifbodagi "K” harfini juda ham yoqtirganligi sababli shu nomni tanlagan. Kodak — bu suratga olish vaqtida chiqadigan tovush.
LG

Eng mashhur kompaniyaning noodatiy nomlanishi ikki mahalliy brend — "Lucky” (Omadli) va "GoldStar” (Oltin Yulduz) larning bosh harfidan olingan.

LG logotipi. Foto: whylgtv.lge.com

Motorola

Paul Gelvin o‘zining kompaniyasiga nomni avtomobillar uchun radio o‘rnatilayotgan paytda o‘ylab topgan. Sababi, u vaqtda deyarli barcha avtomobil qismlarining nomlanishi "ola” bilan yakun topardi.
Nokia

Kompaniya o‘z ishini daraxtni qayta ishlashdan boshlab, keyinchalik Finlyandiyaning Nokia shahrida rezina ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan. Shundan so‘ng, jarangdor Nokia nomi maydonga chiqdi.

Sanyo

Yapon tilidan bu so‘z "3 ummon” deya tarjima qilinadi.
Toyota

Yapon tilida bu so‘z 8 belgida ifodalanadi. Sakkiz esa Yaponiyada baxtli raqam sanaladi. Shuningdek, kompaniya asoschisi – Sakichi Toyodaning familiyasi ham brend nomiga o‘xshab ketadi.
Yahoo!

"Gulliverning sarguzashtlari” asari muallifi Jonatan Svift asarda yoqimsiz, jirkanch kishilarni "Yahoo” ("yahu”)” deb ta’kidlaydi. Yahoo! kompaniyasi asoschilari Jerri Yang va Devid Filo ham o‘zlarini shunday ataganlar va kompaniyaga ham shu nomni berganlar.

Yahoo! kompaniyasi bosh ofisi. Foto: bigcorp.ru


Siz o‘zimizning o‘zbek kompaniyalari nomi va ularning ma’nolarini bilasizmi?
 
 
Manba: daryo.uz 

Sana: 08-aprel 2013 yil /// O'qildi: 3961
Orqaga qaytish



Bilimsizlikdan hech qachon maqtanmaslik kerak: bilimsizlik — ojizlik.

N. G. CHERNISHEVSKIY