«Parlamentarizm bilimdoni» tanlovi
 
 
Aziz yoshlar! 2013 yil 7 maydan boshlab O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining rasmiy veb-saytida yoshlar o'rtasida «Parlamentarizm bilimdoni» tanlovining dastlabki turi o'tkaziladi..

Tanlovning asosiy shartlari va talablari

1. Tanlov ishtirokchisi – 14 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan yoshlar

2. Tanlovning maqsadi – yoshlarning huquqiy va siyosiy bilimlarini boyitish, ular orasida konstitutsiya g'oyalarini keng targ'ib qilish, qonunlarni qabul qilish va milliy parlamentimiz faoliyati to'g'risidagi batafsil hamda ishonchli axborotlarni olish, shuningdek, yosh avlodning huquqiy hamda siyosiy tafakkurini rivojlantirishga munosib hissa qo'shish

3. Tanlovda qatnashish qoidalari – Tanlovda ishtirok etishni xohlovchilar tanlov ishtirokchisi so'rovnomasini to'ldirishlari lozim. Unda o'zi haqidagi ma'lumotlar (ismi-sharifi, tug'ilgan yili, ish yoki o'qish joyi, yashash manzili, telefon raqami albatta, ko'rsatilishi shart) ko'rsatiladi. Tanlov ishtirokchisining so'rovnomasi Qonunchilik palatasi veb-saytida joylashtiriladi.

4. Tanlovning asosiy shartlari – Tanlovga beriladigan savollar Qonunchilik palatasining veb-saytida har haftaning seshanba kuni joylashtiriladi. Tanlov ishtirokchilarining javoblari savol e'lon qilingan haftaning yakshanba kunigacha qabul qilinadi. Ushbu muddat davomida tanlovning har bir qatnashchisi savollarga faqat bir marta javob berishi mumkin.

5. Tanlov savollarining yo'nalishlari:

- O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari;

- Oliy Majlis Qonunchilik palatasi faoliyati;

- Deputatlik birlashmalari faoliyati (siyosiy partiyalar fraktsiyalari, deputatlik guruhlari soni, ularning tarkibi va vakolatlari)

6. Tanlovni baholash mezonlari – har bir to'g'ri javob bir balldan baholanadi. Barcha savol va javoblarning variantlari o'zbek va rus tillarida joylashtiriladi. Qonunchilik palatasining veb-saytida har dushanba kuni tanlov qatnashchilarining reyting jadvali e'lon qilinadi, unda qatnashchilarning ismi-sharifi va umumiy ballari ko'rsatiladi.

7. Tanlov g'oliblarini aniqlash va taqdirlash – Tanlov natijalariga ko'ra, yig'ilgan ballarning miqdoriga qarab g'oliblar aniqlanadi. G'oliblar Oliy Majlis Qonunchilik palatasining diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadilar. Tanlovda faollik ko'rsatgan yoshlar Qonunchilik palatasida o'tkaziladigan tantanali taqdirlash marosimida qatnashadilar va Qonunchilik palatasi faoliyati bilan yaqindan tanishadilar.

8. Tanlovni o'tkazish muddati – 2013 yil 7 maydan 2013 yil 1 dekabrgacha.

9. Tanlovning yakuniy taqdirlash marosimi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 21 yilligi arafasida o'tkaziladi.

On-layn tanlovning boshqa tanlovlardan farqli jihati shundaki, unda savollar kompyuter bazaning elektron tarmog'iga kiritilgan bo'lib, javoblar elektron tartibda hisoblab chiqiladi.

Tanlovda faol ishtirok eting va parlamentarizm bilimdoniga aylaning!



Manba: parliament.gov.uz

Sana: 29-aprel 2013 yil /// O'qildi: 1956
Orqaga qaytish



Siviliatsiya tarixini olti so‘z bilan ifodalash mumkin: qancha ko‘p bilsang, shuncha ko‘p qodirsan.

E. ABU