www.tashxis.uz da yangi dastur

    O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi va O'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish va pedogogik-psixologik Respublika Tashxis markazi mutaxassislari tomonidan 9-sinfni tugatayotgan o'quvchilarni ta'limning keyingi bosqichiga to'liq qamrab olish yuzasidan yangi dastur ishlab chiqildi. 
    www.tashxis.uz saytiga joylashtirilgan yangi dasturda joriy yilda umumta'lim maktablarining 9-sinfini tugatayotgan 533 658 nafar bitiruvchilar haqida barcha ma'lumotlar joylashtirilgan. Jumladan, dasturda har bir umumta`lim maktab bitiruvchisi haqida va ularning qaysi akademik litsey yoki kasb-hunar kollejda o'qish istagini bildirganligi haqida ma'lumotlar joylashtirilgan. Shuningdek, dastur orqali ota-onalar respublikada faoliyat ko'rsatayotgan akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari hamda ulardagi yo'nalishlar bilan yaqindan tanishishlari mumkin. 
    Dastur 9-sinfni tugatayotgan o'quvchilarning ta'limning keyingi bosqichga qamrab olish jarayonlarini monitoring qilishda ortiqcha vaqt va qog'ozbozlikning oldini oladi. Dastur ma'lumotlari asosida bitiruvchilar orasida qaysi yo'nalish va mutaxassislikka bo'lgan qiziqishning kattaligini va aksincha qaysi soha va mutaxassiliklarga talabning kamligini aniqlash mumkin. O'z navbatida bu tahliliy ma'lumotlar kelgusida yangi ish o'rinlarini yaratish va iqtisodiyotimizning real sektorlarini rivojlantirishda muhim ahamiyatga egadir. 
    Ushbu dastur 3 ta asosiy qismga bo'lingan bo'lib, keng jamoatchilik, maktablar va ona-onalar uchun mo'ljallangan. Dasturdagi bitiruvchilar haqidagi ma'lumotlar maktab ma'muriyati tomonidan biriktirilgan mas'ul xodim tomonidan kiritiladi. 
    Shuningdek, ushbu dastur orqali 9-sinf bitiruvchilari soni, umumta'lim maktablarida o'tilayotgan ta'lim tillari, co'rovnoma natijalari asosida tanlagan ta'lim muassasalari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari hamda bu erdagi tayyorlov yo'nalishlari va sohalari haqida statistik ma'lumotlarni bilish mumkin. 
     Ushbu dasturdan xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo'limlari ham unimli foydalanishlari mumkin. Xususan, XTMFMTTElar dastur orqali butun respublika xalq ta'limi boshqarmalari hisobot jadvallarini shakllantirish va o'zaro fikr almashish imkoni yaratilgan. 
     Ma'lumot o'rnida aytib o'tish kerakki, joriy yilda umumta`lim maktablarining 9-sinfini 533 ming 658 nafar o'quvchilar tamomlaydi. Ulardan 51 ming 719 nafari (10.2 %) akademik litseylarda, 481 ming 939 nafari (89.7 %) kasb-hunar kollejlarida o'qish istagini bildirgan. 
 
Xalq ta'limi vazirligi
Axborot xizmati
 
 manba: uzedu.uz
 

Sana: 06-iyun 2013 yil /// O'qildi: 16465
Orqaga qaytish



Adashgan aqldan ozar