Prezident sovg`asi

Mamlakatimizda har yili 1-sinf o`quvchilariga Prezident sovg`asi sifatida darslik va o`quv qurollarini taqdim qilish an'anaga aylangan. Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, Toshkent shahar hamda viloyatlar xalq ta'limi boshqarmalari tomonidan tasdiqlangan taqsimotlarga asosan, 2013-2014 o`quv yilida 1-sinfga qabul qilinadigan o`quvchilar uchun 529274 to`plam (zaxira 10000 to`plam, jami 539274 to`plam), kasalligi tufayli yakka tartibda uyda ta'lim oladigan bolalar uchun 9987 to`plam o`quv qurollarini belgilangan muddatda joylarga to`liq etkazib berish jarayoni kechmoqda.  Buning uchun byudjetdan jami 15 milliard 119 million 115 ming so`m miqdordagi mablag` ajratilgan.  1-sinf o`quvchilari quyidagi 12 nomdagi o`quv qurollariga ega bo`lishadi.

12 donadan daftar (12 varaqli)
2 dona oddiy qalam
2 dona o`chirgich
1 dona akvarel bo`yoq (12 rangli)
plastilin
rangli qalam (12 rangli)
penal
rasm daftari (12 varaq
rangli qog`oz (12 rangli)
ruchka
yelim
o`quvchilar sumkasi

Mahsulotlarni xarid qilish bo`yicha tenderda g`olib bo`lgan korxona va tashkilotlar bilan shartnomalar imzolangan. Tender namunalariga mos sifatli mahsulot qabul qilib olish va joylarga etkazib berish maqsadida hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi ishlab chiqilib, ishchi guruhlari tashkil etilgan. Prezident sovg`alari belgilangan muddatlarda maktablarga to`liq etkazib beriladi.

O'zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi
Axborot xizmati

 
manba:uzedu.uz 
 


Sana: 15-avgust 2013 yil /// O'qildi: 1544
Orqaga qaytish



Eng dovyurak odam ham toki unda qat’iy e’tiqod yo‘q ekan, nomardga aylanishi mumkin.

E. DELAKRUA