Diqqat tanlov! Bestsoft challenge
O`zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, "O‘zbektelekom” AK va "Samsung Elektroniks” kompaniyasi bilan birgalikda oliy o‘quv yurtlari talabalari, shuningdek kollej va litseylar o‘quvchilari o’rtasida dasturiy ta’minot ishlab chiqish bo‘yicha tanlov e’lon qildi.

Dasturiy ta’minot ishlab chiqish va joriy etish bozori milliy iqtisodiyot samaradorligini oshirishda salmoqli salohiyatga ega. Jahon tajribasida mamlakatlarning dasturiy ta’minot tarmog‘i hisobiga faol iqtisodiy rivojlanishga erishgani to‘g‘risidagi misollar ko‘p. Chunki so‘nggi yillarda softver sohasi milliy iqtisodiyotning yangi innovatsion bo‘g‘ini sifatida namoyon bo‘lmoqda.

Shundan kelib chiqib, mamlakatimizda ham yetakchi ta’lim muassasalari bazasida dasturlash sohasida mutaxassislarni kompleks tayyorlash tashkil etilgan. Bu – dasturiy ta’minot sanoati rivojlanishining muhim sharti hisoblanadi. Shu nuqtayi nazardan, tanlovning maqsadi – yosh dasturiy ta’minot ishlab chiquvchilarni rag‘batlantirish, yuksak malakali kadrlar tayyorlash, dasturiy mahsulotlar bozorini rivojlantirishdan iborat.

Tanlov OO’Yu talabalari, shuningdek o’rta maxsus kollej va akademik litseylar o’quvchilari uchun o’tkaziladi. Uning yoz davrida o’tkazilishi ayniqsa dolzarbdir – o’quvchilar o’qishdan ozod etilgan, yetarlicha bo’sh vaqtga ega bo’lib, bu vaqtni foydali o’tkazishlari mumkin. Bundan tashqari, tanlov g’oliblarini salmoqli gonorar fondi kutmoqda, u "Obod turmush yili”da ayniqsa ahamiyatlidir.

Tanlov ham individual, ham guruhli ishtirokchilar (to’rt nafardan oshmagan) uchun ochiqdir.

Individual va guruhli ishtirokchilar faqat bir nominatsiyada qatnashishlari mumkin (takroriy ishtirok imkonsizdir).

Tanlov 2013 yil 13 iyundan 27 sentyabrgacha, oltita bosqichda o’tkaziladi:
1- bosqich – 13 iyundan boshlab – Ro’yxatga olish;
2- bosqich – 31 avgustgacha – Dasturiy ta’minot ishlab chiqish;
2- bosqich –1 sentyabrdan 10 sentyabrgacha – Ishlanmalarni taqdim etish;
4- bosqich – 13 sentyabrdan 15 sentyabrgacha – Dastlabki saralash;
5- bosqich – 16 sentyabr – Final saralash;
6- bosqich – 27 sentyabr – Taqdirlash marosimi.

Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo’yicha o’tkaziladi (OO’Yu talabalari va o’rta maxsus kollej hamda akademik litsey o’quvchilari uchun alohida):
«Kompyuter ilovalari bo’yicha eng yaxshi ishlanma»;
«Smartfon va smart televizorlar uchun eng yaxshi ilova ishlanmasi»;
«Milliy kompyuter yoki mobil o’yinlarning eng yaxshi ishlanmasi». Bu nominasiyada «Eng yaxshi milliy kompyuter o’yinlari ssenariysi va kosepsiyasi ishlanmasi» tub nominasiyasi mavjud.

Dastlabki saralash orqali 100 nafar kishi tanlab olinadi. Final saralashga har bir nominasiyadan 8 nafardan ishtirokchi chiqadi.

Ishtirokchilarni ro’yhatga olish va ishlanmalarni taqdim etish onlayn rejimida,www.software.uz saytida amalga oshiriladi.

Ishlanmalar bo’yicha barcha mualliflik huquqlari ishlab chiquvchilarga tegishli. Dastlabki tanishuvdan tashqari, har qanday tijorat va boshqa foydalanish taqiqlanadi. Baholash komissiyasi arizalarni quyidagi mezonlarga ko’ra baholaydi:

Maksimal ball miqdori - 100.

Dastlabki saralash:
Innovatsiyaviyligi (20 ball) – Bunda ishlanmaning raqobatbardoshligi, innovatsiya sifati, bozorga moslashganligi, joriy etishning iqtisodiy maqsadga muvofiqligi, jahondagi o’xshashlariga nisbatan afzalliklariga alohida ahamiyat beriladi;
O’ziga xosligi (20 ball) - Bunda g’oyaning g’ayrioddiyligi (g’oyani umumqabul qilingan g’oyalardan ajratib turuvchi omillar), moslashuvchanlik (boshqa ishlanmalar bilan birgalikda ishlay olish imkoniyati), yetarli ishlanganlik (g’oyaning batafsil ifodalanishi) darajasiga e`tibor qaratiladi
Talab darajasi (20 ball) - asosiy mezonlar: loyihaning talab darajasi (bozorda talab mavjudligi), keraklilik, ishlanmaga ehtiyojning mavjudligi;
Ishlanmaning mazmun darajasi (10 ballov) – Bunda lo’ndalik, tushunarlilik va hammaboplik jihatlariga e`tibor qaratiladi.

Final bosqichi:

Taqdimot (30 ball).
Mazmun sifati – mavzu ochib berilishining to’liqligi, mavzuni taqdimotda ochish davomida ijodiy ishning taqsimlanishining maqsadga muvofiqligi, axborotning potensial iste’molchilar xususiyatlariga mos kelishi.
Bezash sifati – dizayn yaxlitligi, tanlangan dizaynning asoslanganligi, grafika va multimediya effektlarining optimallashtirilishi.
Qo’shimcha mezonlar – savodli tayyorlash (matnda ham, chiqishda ham xatolarning mavjud emasligi).

Tanlov yakunlariga ko’ra, har bir nominasiya bo’yicha 1-8- o’rinlarni egallagan tanlov ishtirokchilari quyidagi miqdorlardagi pul mablag’lari bilan taqdirlanadi:

O’rta maxsus ta’lim muassasalari o’quvchilariga:
1 o’rin - 5 mln. so’m;
2 o’rin - 3 mln. so’m;
3 o’rin - 1 mln. so’m;
4-8 o’rinlar – 300 ming so’mdan;

Eng yaxshi milliy kompyuter o’yinlari ssenariysi va kosepsiyasi ishlanmasi nominasiyasi g’olibiga mukofot – shaxsiy kompyuter topshiriladi.

OO’Yu talabalariga:
1 o’rin - 10 mln. so’m;
2 o’rin - 5 mln. so’m;
3 o’rin - 3 mln. so’m;
4-8 o’rinlar – 300 ming so’mdan.

Eng yaxshi milliy kompyuter o’yinlari ssenariysi va kosepsiyasi ishlanmasi nominasiyasi g’olibiga mukofot – shaxsiy kompyuter topshiriladi.

Izoh: Tanlov tashkilotchilari tadbirni o’tkazish muddatlariga o’zgartirish kiritish huquqiga egalar.

Slaydni yuklab oling. BestSoft Challenge

Murojaat uchun:

Tel.: +998712384325

e-mail: f.ibragimov@ccitt.uz

Mazkur tanlovda ishtrok etish uchun ro’yhatdan o’tish
 
 
 
Manba: software.uz 

Sana: 19-avgust 2013 yil /// O'qildi: 1732
Orqaga qaytish



Har kim otasi va bobosi ko‘rgan va bilganiga qaraganda ko‘proq ko‘rish va bilishga intilmog‘i lozim.

A. P. CHEXOV