Maktablar chet tilini o`qitishga tayyor

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi "Chet tillarni o'rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qaroriga muvofiq yurtimizda chet tillarni o'qitish yangi tizimi tubdan yangilandi. Yangi o'quv yilidan boshlab ilk marotaba yangi o'quv rejaga ko'ra 1-4 sinflarda haftasiga 2 soatdan chet tili fani o'qitiladi. Shu maqsadda yangi davlat ta'lim standartlari va o'quv dasturlari asosida 1-sinflar uchun ingliz ("Kid’s english”), nemis ("Deutsch macht spab”) va fransuz ("Hirondelle”) tillaridan darslik majmualari yaratildi. Mazkur majmualar o'quvchi kitobi, o'qituvchi uchun metodik qo'llanma va multimediali ilovalar (DVD-disk)dan iborat.

 

ingliz tili darsligi



fransuz tili darsligi



nemis tili darsligi

Hozirda mazkur yangi darsliklar chop etilib, respublikadagi barcha umumta'lim maktablariga etkazildi. Shuningdek, ta'lim muassasalarining chet til kabinetlarini jihozlash dasturi doirasida joriy yilning oxirigacha 2457 ta 1-4 sinf va 1485 ta 5-9 sinf xonalari zamonaviy kompyuterlar bilan, 17 ming 222 ta DVD magnitola, o'quv ko'rgazmali qurollar hamda 200 ta elektron doskalar bilan jihozlanadi.

 

 

O'zR Xalq ta`limi vazirligi 
Axborot xizmati
 
manba: uzedu.uz 
 


Sana: 29-avgust 2013 yil /// O'qildi: 3359
Orqaga qaytish



Bizning ishimiz — o‘qish va o‘qish, imkoni boricha ko‘proq bilimga ega bo‘lish uchun intilishdir, chunki jiddiy ijtimoiy yo‘nalishlar — bilim bor yerda, insoniyatning istiqbol baxti ham faqat bilimdadir.

A. P. CHEXOV