Yilning eng faol ma`naviyat tag`ibotchisi – 2014
 
Respublika Bolalar kutubxonasida "Yilning eng faol ma'naviyat tag'ibotchisi” respublika ko'rik-tanlovi g'oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Tadbirda Xalq ta'limi vazirligi mutaxassislari, hamkor vazirlik va idoralar vakillari, Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan g'oliblikni qo'lga kiritgan pedagoglar ishtirok etdi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 25 avgustdagi "Milliy g'oya targ'iboti va ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish to'g'risida”gi PQ-451-sonli Qarori hamda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat kengashining 2008 yil 3 iyuldagi 07-26-48-sonli yig'ilish bayoni ijrosini ta'minlash maqsadida xalq ta'limi yo'nalishi bo'yicha "Yilning eng faol ma'naviyat tag'ibotchisi” respublika ko'rik-tanlovini o'tkazish an'anaga aylandi.
Aytish joizki, xalq ta'limi tizimida mazkur tanlovni yuqori saviyada tashkil etish hamda ommaviyligini ta'minlash borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, tanlovga qiziqishning ortishi va yosh pedagoglar ishtirokining yildan yilga ko'payishi barchamizni quvontirmoqda.
Tanlovning o'tgan davr statistikasiga nazar tashlar ekanmiz, 2008 yilda 200 nafar, 2009 yilda 435 nafar, 2010 yilda 1100 nafar, 2011 yilda 1350 nafar, 2012 yilda 1970 nafar hamda joriy yilda 2500 nafardan ortiq (ulardan 1625 nafari yoshlar) pedagog xodimlarning ishtirok etganini ko'rishimiz mumkin.
Ta'kidlash lozimki, tanlov nizomiga muvofiq, hududlarda o'tkazilgan quyi bosqichlari g'oliblari va ishtirokchilari xalq ta'limi boshqaruv organlari va hamkorlar tomonidan rag'batlantirish yo'lga qo'yilgan.
Joriy yildan boshlab, tanlovning ommaviyligini ta'minlash hamda ishtirokchilarni qo'llab-quvvatlash maqsadida tanlovning respublika bosqichi g'oliblari va ishtirokchilarini taqdirlash tartibiga o'zgartirish kiritildi. Unga ko'ra, tanlovning 1-, 2-, 3-o'rin g'oliblari bilan birga oliy o'rin va yo'nalishlar bo'yicha nominatsiyalar joriy etildi.
Shuningdek, ko'rik-tanlov g'oliblarlarga "Xalq ta'limi a'lochisi” ko'krak nishoniga tavsiya qilish ham yo'lga qo'yildi.
Bu galgi ko'rik-tanlov natijalariga ko'ra, oliy o'rinni Navoiy viloyati Karmana tumani xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo'limining ma'naviy-axloqiy masalalar bo'yicha sho''ba mutaxassisi Gulzoda Jabbarova qo'lga kiritdi. Birinchi o'rinnga esa Buxoro viloyati, Buxoro shahridagi 18-sonli maktab direktorning ma'naviy-ma'rifiy tarbiya ishlari bo'yicha o'rinbosari Dilfuza Mirfayozovaga sazavor bo'ldi. Shuningdek, Samarqand viloyati Samarqand shahridagi 45-sonli maktab direktorining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari Xurshida Ziyodullaeva ikkinchi o'rinni, Toshkent shahar Sergeli tumanidagi 300-sonli maktab direktorining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari Umida Umarova uchinchi o'rinni qo'lga kiritdilar.
Ko'rik-tanlovda turli nominatsiyalari bo'yicha ham g'oliblarlar aniqlandi. Jumladan, "Eng faol hamkor targ'ibotchi” nominatsiyasi bo'yicha Qoraqalpog'iston Respublikasi Beruniy tumanidagi 25-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi direktorining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari Jarqnoy Kerbenova, "Eng faol ijodiy targ'ibotchi” nominatsiyasida Toshkent viloyati Quyi chirchiq tumanidagi 48-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi direktorining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari Shahzodjon Alimov, "Eng yaxshi tadbirlar tashkilotchisi” nominatsiyasida Dilfuza Alimova, "Eng yaxshi ommaviy axborot vositalari targ'ibotchisi” nominatsiyasida Muqaddam Izatullaeva munosib deb topildi.
Tadbir so'ngida g'olib va sovrindorlarga tashkilotchilarning diplov va esdalik savg'alari topshirildi.
Xalq ta'limi vazirligi
Axborot xizmati
Tadbirda Xalq ta'limi vazirligi mutaxassislari, hamkor vazirlik va idoralar vakillari, Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan g'oliblikni qo'lga kiritgan pedagoglar ishtirok etdi.

O'zbekiston Respublikasi
Xalq ta'limi vazirligi 
Axborot xizmati
manba: uzedu.uz 

Sana: 25-noyabr 2013 yil /// O'qildi: 1874
Orqaga qaytish

Ilmdan bir shu’la dilga tushgan on
Shunda bilursankim, ilm bepoyon.

A. FIRDAVSIY