ZiyoNET tarmog`ining yangi imkoniyatlari

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 10 iyuldagi ""ZiyoNET” ta`lim axborot tarmog`ini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g`risida”gi 198-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligining 2013 yil 12 iyuldagi "O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 10 iyuldagi 198-sonli qarori ijrosini ta`minlash to‘g`risida”gi 237-sonli buyrug`i ijrosini ta`minlash, ZiyoNET portalining yangi imkoniyatlari bilan tanishtirish, tarmoqga ulanayotgan umumta`lim muassasalarining monitoringini yuritib borishni avtomatlashtirilgan tizimidan foydalanish masalalari yuzasidan joriy yilning 25 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligining 2013 yil 21 noyabrdagi "Seminar-treninglar tashkil etish haqida”gi 134x-sonli buyrug`i asosida Qoraqalpog`iston Respublikasi K.Ubaydullaev nomidagi Respublika pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasinin oshirish instituti bazasida seminar-trening tashkil etildi.

Seminar-treningni ZiyoNET Resurs markazining O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi huziridagi bo‘lim boshlig`i U.Taylakov va ushbu bo‘limning 1-toifali mutaxassisi B.Sulaymanovlar olib bordi. Seminar-treningda "Ziyonet jamoat ta`lim axborot tarmog`i haqida”, "ID.UZ tizimidan ro‘yxatdan o‘tish tartibi haqida”, "uMail.uz elektron pochta xizmati haqida”, "Sayt satelitlari haqida”, ZiyoNET tarmog`iga ulash tartibi haqida”, tarmoqga ulangan ta`lim muassasalarining monitoringini olib borishning avtomatlashtirilgan tizimi va hakozo  bir qator masalalar yuzasidan tushunchalar berildi. Seminar-trening savol-javob va amaliy mashg`ulotlar ko‘rsatish shaklida olib borildi.

Seminar-treningga barcha tuman(shaxar) XTMFMTTEB ning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha ma`sul xodimlari, har biridan 4 nafar tajribali informatika fani o‘qituvchilari va institutning "Matematika fani o‘qituvchilari”, "Direktor o‘rinbosarlari” kurslari tinglovchilari  qatnashdi.

Seminar-trening yakunada tuman(shaxar) XTMFMTTEB ning ma`sul xodimlariga shu kabi seminar-treninglarni kaskad usulida joylarda tashkil etish, tarmoqga ulanayotgan ta`lim muassasalarining monitoringini olib borishning avtomatlashtirilgan tizimini uzluksiz olib borish vazifalari belgilab berildi.

 

Sana: 28-noyabr 2013 yil /// O'qildi: 2296
Orqaga qaytish



Ruhiyat ham tana singari muttasil ozuqlanishsiz yashay olmaslik qonuni izmidadir.

L. VOVENARG