Konstitutsiya - baxtimiz poydevori – 2013

Konstitutsiya - baxtimiz poydevori – 2013

Istiqlolimizning ilk yillaridan boshlab mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama barkamol, xususan, huquqiy jihatdan yetuk insonlar qilib voyaga etkazish masalasiga katta e'tibor qaratildi. Bu borada xalq ta'limi tizimida ham keng ko'lamli isloxotlar amalga oshirilib, o'quvchilarning huquqiy savodxonliklarinini oshirish yo'lida turli dars soatlari, ko'rik-tanlov va tadbirlar tashkil etilmoqda.
Xususan, bu borada O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi, Adliya vazirliklari, Respublika "Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi, "Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, O'zbekiston Badiiy akademiyasi hamda "Sog'lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg'armasi hamkorligida o'tkazilayotgan "Konstitutsiya – baxtimiz poydevori” respublika ko'rik-tanlovi o'quvchilarimizning huquqiy savodxonligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. 2001 yildan buyon an'anaviy ravishda o'tkazilib kelinayotgan mazkur ko'rik-tanlov bu yil ham yuqori darajada tashkil etildi.




Ushbu ko'rik-tanlov 4 bosqich va 2 yo'nalishda tashkil etilib, uning quyi bosqichlarida 4 million nafarga yaqin o'quvchilar o'zlarining ijodiy ishlari bilan ishtirok etdilar. Jumladan, 1,5 million nafar 2-4-sinf o'quvchilari tomonidan "O'zbekiston jonajon Vatanim” mavzusida diktant, 1,4 million nafar 5-7-sinf o'quvchilari tomonidan "Konstitutsiya - baxtimiz poydevori” mavzusida ijodiy bayon va bir million nafar 8-9-sinf o'quvchilari tomonidan "O'zbekiston kelajagi barkamol avlod qo'lida” mavzusida insholar yozildi.






Bugun V.Uspenskiy nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyida mazkur ko'rik-tanlovning bu yilgi g'oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Tadbirda Qoraqalpog'iston Respublikasi va barcha viloyatlardan jamoalar ishtirok etdi. Quyida "Konstitutsiya – baxtimiz poydevori!” shiori ostida o'tkazilgan respublika ko'rik-tanlovi g'oliblari va turli nominatsiyalarda sovrindor bo'lgan o'quvchilar ro'yxati berilgan.

Ko'rik-tanlov g'oliblari

INSHO YO`NALISHI

1. Azizxonov Shohruh Samarqand viloyati Ishtixon tumanidagi 2-sonli maktabning 9-sinf o'quvchisi
2. Ro'ziboeva Xurmatoy Xorazm viloyati Xonqa tumanidagi 49-sonli maktabning 9-sinf o'quvchisi
3. Jumaboeva Xurlima Qoraqalpog'iston Respublikasi Shumanay tumani 33-sonli maktab 9-sinf o'quvchisi

TASVIRIY SAN'AT YO'NALISHI


1. Kamolov Jonibek Buxoro viloyati Buxoro shahridagi 34-sonli maktabning 7-sinf o'quvchisi
2. Zubaydullaev Javohir Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi 5-sonli maktabning 9-sinf o'quvchisi
3. Oripova Laylo Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi 302-sonli maktabning 8-sinf o'quvchisi

NOMINATSIYA G'OLIBLARI

1. To'raeva Maftuna Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi 11-sonli maktabning 9-sinf o'quvchisi
2. Idirisova Sarbinaz Qoraqalpog'iston Respublikasi shahridagi 3-sonli maktabning 9-sinf o'quvchisi
       
 
Manba: uzedu.uz 

Sana: 11-dekabr 2013 yil /// O'qildi: 9330
Orqaga qaytish



Ma’naviy hayotda ham amaliy hayotdagidek, kimki bilimga tayansagina to‘xtovsiz kamol topadi va yutuqlarga erishaveradi.

U. JEYMS