Hududiy xalq ta'limi boshqaruv idoralarining ma'naviy-axloqiy tarbiya ishlari bo‘yicha bosh mutaxassislari va sho‘ba rahbarlari, umumiy o‘rta ta'lim maktablarining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari va "Dunyo dinlari tarixi” fani o‘qituvchilarini sinovdan (test sinovi, suhbat tartibida o‘tkaziladigan sinov) o‘tkazish maqsadida tayyorlangan test savollari va savolnoma

TESTLAR
 
1. Insonni yot g‘oyalar ta'siriga tushib qolishiga ko‘proq nima sabab bo‘ladi?
2. «...Turkning yurti, ulog‘i, o‘chog‘i, Turoniyot qo‘llarga tushdi. Turkning belgisi, ongi, o‘y-o‘quvi, ziyrakli jaholat o‘ljasiga ketdi…» Mazkur parcha Fitratningqaysi asaridan olingan? (5-sinf Vatan tuyg‘usi)
3. Mafkuraviy tarbiya deganda nima tushuniladi?
4. «Har kim tug‘ilgan, o‘sgan yerini jonidan ortiq suyar». Mazkur fikrlar kim tomonidan aytilgan? (5-sinf Vatan tuyg‘usi)
5. Yurtimizda "Oila yili” deb nechanchi yilda nomlangan? (5-sinf Vatan tuyg‘usi)
6. Milliy g‘oyani yoshlar ongiga singdirish va ularda mafkuraviy immunitetni shakllantirish qaysi fan sohalarining vazifasiga kiradi?
7. Yurtimizda san'at va sirk sohasiga asos solgan mashhur oila sulolasini bilasizmi? (5-sinf Vatan tuyg‘usi)
8. Musulmon olamida tan olingan oltita ulug‘ hadisshunosdan uchtasi bizning yurtimizda yashab, faoliyat yiritganlar. Ularning qaysilarni bilasiz? (5-sinf Vatan tuyg‘usi)
9. Mamlakatimizga tahdid soluvchi tashqi tahdidlar…
10. «Hyech shubha yo‘qki, odamlar har xil din va mazhabdan, har xil qabila va millatdan bo‘lsalar xam, bir otaning va yagona jinsning farzandi….» mazkur satrlar qaysi ma'rifatparvar tomonidan aytilgan? (5-sinf Vatan tuyg‘usi)
11. O‘zbekiston nima ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda 28 ta davlatning biri hisoblanadi?
12. I.A.Karimov "Bizni tanlagan yo‘limizdan hyech kim qaytarolmaydi” asari qachon yozilgan va nimaga bag‘ishlangan?
13. "Fan samaradorligini sifat jihatdan oshirishga quruq da'vatlar bilangina erishish mumkin emas”, deya Yurtboshimiz o‘zining qaysi asarida aytib o‘tganlar.
14. O‘zbekiston Respublikasi Gerbidagi qaysi elementi "qutlug‘” degan ma'noni anglatadi?
15. I.Karimovning "Ma'naviy jihatdan mukammal rivojlangan insonni tarbiyalash, ta'lim va ma'rifatni yuksaltirish, milliy uyg‘onish g‘oyasini ro‘yobga chiqaradigan yangi avlodni voyaga yetkazish davlatimizning eng muhim vazifalaridan biri bo‘lib qoladi” degan so‘zlari qaysi asarda yozilgan?
16. O‘zbekiston Respublikasining birinchi ordeni nomini aniqlang.
17. O‘zbekiston Respublikasi san'at arbobi”, „O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi”, "O‘zbekiston Respublikasi xalq yozuvchisi” singari faxriy unvonlari qachon ta'sis etilgan?
18. O‘zbekistonda viloyatlarining qaysi biri eng yoshi hisoblanadi?
19. Amir Temur davlatini boshqarishda qaysi asosiy 4 omilga e'tibor berildi?
20. Prezidentimiz I.Karimov tashabbusi bilan qabul qilingan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qaysi mamlakatdan so‘ng va dunyoda nechanchi bo‘lib O‘zbekistonda qabul qilindi.
21. Prezident Islom Karimovning «O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat va mafkura» asari qachon yozilgan?
22. Milliy o‘zini o‘zi anglash qanday yuz beradi va nimalarda ko‘rinadi?
bosh chiqarib, ongli tarzda harakat qilishlarida
23. "Uzluksiz ta'limni davlat ta'lim standartlari va tegishli ta'lim dasturlari bilan ta'minlashda, avvalo, ularning jahon talablari darajasida bo‘lishiga, yuksak ma'naviyat zaminida qurilganiga asosiy e'tibor berish kerak”, degan so‘zlar Prezidentimizning qaysi ma'ruzasidan olingan?
24. Yoshlarda g‘oyaviy immunitetni shakllantirishdan ko‘zlangan maqsad nima?
25. Prezidentimizning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 13 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma'ruzasi (2005 yil 7 dekabr) qanday nomlanadi?
bo‘ladi
26. "Faqat o‘z kuchimiz, o‘z salohiyatimizga tayanib ish ko‘rishimiz kerak”, "o‘zimiz harakat qilmasak, chetdan kelib birov bizga yordam bermaydi” deya Yurtboshimiz tomonidan qalbn idosi bilan aytilgan ushbu so‘zlar qaysi asardan olingan?
27. Imom al Buxoriy o‘z kitoblarida keltirgan hadislarda: «agar sen bu dunyoda yaxshi yashashni hohlasang – savdogor bo‘l, agar sen u dunyoda yaxshi yashashni xoxlasang taqvodor bo‘l, agar sen ikki dunyo saodatiga erishaman desang, ya'ni ham savob, ham ro‘zg‘or tebrataman desang - » kim bo‘l deganlar?
28. Prezident Islom Karimovning 20 tomlik asarlariga sirasiga kiruvchi "Biz tanlagan yo‘l – demokratik taraqqiyot va ma'rifiy dunyo bilan hamkorlik yo‘li” nomli risola nechanchi tom hisoblanadi?
29. "O‘z tarixi va ajdodlarini siylagan xalqning kelajagi albatta porloq bo‘ladi. Ishonamizki, O‘zbekistonimiz tez orada dunyo hamdo‘stligi o‘rtasida o‘ziga munosib o‘rinni egallaydi, inshoollo. Ana o‘shanda ham bobomizning qutlug‘ nomi bizga madadkor bo‘ladi”. Yurtboshimizning «O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida»dan olingan mazkur ta'rifi qaysi bobokalonimiz haqida?
30. "Menga hasad qilib, o‘ldirishga qasd qilgan kishilarga shunchalik sovg‘a-in'omlar berib, muruvvat-u ehson ko‘rsatdimki, bu yaxshiliklarni ko‘rib, xijolat teriga g‘arq bo‘ldilar”, deb qaerda aytilgan.
31. "Men ishonamanki, oradan yillar, asrlar o‘tadi, zamonlar o‘zgaradi, lekin o‘zining ma'nosi va qiyofasi bilan bir-birini to‘ldiradigan bu ikki yodgorlik majmuasi nodir va o‘lmas badiiy obida sifatida xalqimiz ma'naviyatining ajralmas qismi bo‘lib qoladi” (Islom Karimov "Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuch” asaridan). Gap qaysi majmualar haqida bormoqda? (6-sinf Vatan tuyg‘usi)
32. Yurtboshimiz tashabbusi bilan 2007 yildan bunyod etilgan Hazrati Imom majmuasining qurilishida qaysi usta-binokorlarning ham xizmatlari katta bo‘lgan? (6-sinf Vatan tuyg‘usi)
33. Diniy aqidaparastlik tushunchasiga qaysi qatorda to‘g‘ri ta'rif berilgan?
ostida birlashishga undash
34. Yaponiyalik Kato domla mamlakatimiz Prezidenti tomonidan qanday mukofot bilan taqdirlangan? (6-sinf Vatan tuyg‘usi)
35. 1619-1636-yillarda Samarqand hokimi Yalangto‘sh Bahodirxon tomonidan bunyod etilgan madrasa nomini eslab ko‘ringchi? (6-sinf Vatan tuyg‘usi)
36. Registon maydonida o‘tkazib kelinayotgan "Sharq taranalari” xalqaro musiqa festivali nechanchi yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda. (6-sinf Vatan tuyg‘usi)
37. «Har kim olmasa hayotdan ta'lim, unga o‘rgatolmas hyech bir muallim», degan bu fikrning muallifi kim?
38. Yurtboshimizning "Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuch” asarlarida aytilishicha, amerikalik fan tarixchisi Sarton nechanchi asrni "Beruniy asri” deb ta'riflagan?
39. Behzod haqida «Musavvirlik ishini bisyor nozik qildi» degan fikr kim tomonidan aytilgan?
40. O‘zbekistonda ijtimoiy – barqarorlikni ta'minlashning nazariy asoslari I.A.Karimovning qaysi asarida ishlab chiqilgan?
41. Aleksandr Makedonskiy yurtimizga bostirib kelganda, bu yerda qanday davlatlar bo‘lgan?
42. O‘zbek sportchilaridan birinchi bo‘lib jahon chempioni degan yuksak sharafga ega bo‘lgan sportchining nomini toping?
43. Sobiq sovet davrida Inqilob xiyoboni deb ataladigan xiyobonga Yurtboshimiz nechanchi yilda Amir Temur xiyoboni degan nom beradilar?
44. Yuksak vatanparvarlik fazilatlari bilan el-yurt hurmatini qozongan yurtdoshlarimiz uchun qaysi tarixiy shaxs nomi bilan nishon ta'sis etilgan edi?
45. Mamlakatimizda Davlat umummilliy dasturi 2005-2009 yillarda byudjet mablag‘larining necha foizi ta'lim-tarbiya sohasiga ajratilgan edi?
46. "Mafkuraviy immunitet” iborasi birinchi bor kim tomonidan ishlatilgan?
47. Qaysi yil jahon xamjamiyati YuNeSKO homiyligi ostida Avestoning 2700 yilligini keng nishonladi?
48. To‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlarni, marhumlar xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlarni o‘tkazishni tartibga solish to‘g‘risidagi Prezident farmoni qachon qabul qilingan?
49. «Odobnoma» 1 va 4-sinf darsligining mualliflari to‘g‘ri yozilgan qatorni belgilang?
50. Mamlakatimizda "O‘qituvchilar va murabbiylar kuni” qachondan boshlab nishonlanadi?
51. Qaysi yil mamlakatimizda "Odob mahalla yili” deb nomlangan edi?
52. Qaysi ma'rifatparvar bobomiz "Avlodni tarbiyalash insoniyatning xizmatidir. Qachonki biz yaxshi axloq egasi bo‘lgan farzandlarni tarbiyalasak, shundagina bo‘ynimizdagi bu xizmat majburiyati sobit bo‘ladi...” deya ta'kidlagan edilar?
53. Buxoro madrasalaridan birining peshtoqiga «Bilimga intilish har bir musulmon ayol va erkakning burchidir» deb yozdirgan kim edi?
54. Yunonchada – tasavvur, tushuncha, degan ma'nolarni anglatib, olam va odamning yaratilishi, tabiat va jamiyatning mohiyati hamda rivojida ruhiy, moddiy bo‘lmagan omillarni ustuvor deb biluvchi falsafiy qarashlar majmuini bir so‘z bilan nima deb ataymiz?
55. Respublika Mahalla xayriya jamg‘armasi qachon tashkil etilgan?
56. Ma'naviy jasorat nima?
57. "...Sihatimiz, saodatimiz, sarvatimiz, qanoatimiz, sabrimiz, fazilatimiz, al hosil, butun hayotimiz harakatimizga bog‘liqdir. Harakatsiz kishilar har narsadan mahrum...”, deya ta'kidlagan vatandoshimizni ayting?
58. Odamlarning jamiyatdagi munosib turmush sharoiti, iqtisodiy jihatdan to‘kis yashashi, taraqqiyot taqozo yetgan eng zarur moddiy ehtiyojlarning to‘liq qondirilishini ta'minlaydigan ijtimoiy hayot darajasiga nima deyiladi?
59. «Bolalar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya qaysi yilda qabul qilingan?
60. Diniy aqidaparastlarning asosiy maqsadi?
61. Huquqiy madaniyat tushunchasining turlarini sanang:
62. Mamlakatimizning ichki siyosati qaysi tamoyil asosida amalga oshiriladi?
63. Xotira va qadrlash kuni qachondan boshlab bayram qilina boshlandi?
64. Ma'naviy yo‘qotish nima?
65. Qanday hollarda jamiyatda g‘oyaviy bo‘shliq vujudga keladi?
66. 2007 yili Toshkent shahriga qaysi tashkilot tomonidan "Islom madaniyati poytaxti” nomi berildi?
67. Jamiyatda g‘oyaviy bo‘shliq paydo bo‘lsa, uning o‘rnini nima egallashi mumkin?
68. Ijtimoiy hamkorlik o‘zida nimalarni ifodalaydi?
69. Jamiyatdagi totuvlik va barqaror taraqqiyot nimalarga bog‘liq?
70. Qaysi asar sakkiz asrdan buyon mukammal huquqiy manba sifatida o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan?
71. Eng ko‘p sonli millatlar guruhiga qaysi millatlar kiradi?
72. Respublikamizda milliy-madaniy ehtiyojlarni qondirishning muhim mexanizmiga aylangan nechta milliy-madaniy markaz faoliyat ko‘rsatadi?
73. Nima voqyelikka oddiy munosabatni ifoda etadi?
74. G‘oyaga xos bo‘lmagan xususiyatni ko‘rsating
75. Prezident I.A.Karimov qaysi imom hazratlarining g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma'rifat tamoyilini olg‘a surganligi va unga amal qilganligini ta'kidlab o‘tgan?
76. Biror dinni o‘z yurtidagi yoki o‘zga yurtlardagi g‘ayridinlar o‘rtasida tarqatish sohasidagi cherkov tashkilotlarining faoliyati qanday ataladi?
77. Prezidentimiz Islom Karimovning qaysi risolalarida bu tabarruk maskanlar haqida alohida to‘xtalib, quyidagi fikrlarni ta'kidlangan? "Xalqimiz hayotida chuqur iz qoldirgan, bugungi kunda tom ma'noda muqaddas ziyoratgohlarga aylangan bunday majmualar ma'naviy olamimizni yuksaltirishda ulkan hissa bo‘lib qo‘shiladi, desak har tomonlama to‘g‘ri bo‘ladi”
78. Bugungi kunda dunyoviy jamiyat asosini qanday g‘oyalar tashkil etadi?
79. Barkamollik qanday ma'naviy insoniy sifatlardan tarkib topadi?
80. O‘zbekiston Respublikasida 2002-yil qanday nomlangan edi?
81. Prezident Islom Karimovning "O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” asari nechanchi yil, qaysi nashriyotda chop etilgan?
82. "El-yurt tayanchi” monumenti qaysi shaharda o‘rnatilgan?
83. Prezident Islom Karimovning "Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuch” asarida aytilishicha, inson o‘z umri davomida oladigan barcha informatsiyalarning qancha foizini 5 yoshgacha bo‘lgan davrda oladi?
84. Keskin fikrlar bildirish, qattiq tadbirlarni qo‘llash yoki keskin fikr va choralarni yoqlovchi dean ma'noni bildirgan so‘zni toring.
85. «Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuch» asarida qanday masalalarga e'tibor qaratilgan?
86. Lotincha – ozod bo‘lish, qutulish ma'nosini bildiran so‘z yozilgan qatorni toring.
87. O‘zbekiston Respublikasida ta'lim sohasidagi islohotlarning asosiy maqsadi, bu...
88. Millatning asosiy belgilari qaysi javobda ko‘rsatilgan?
89. O‘quv qo‘llanmasiga xos xususiyatlarni toping
90. O‘zbekiston Prezidenti I.A.Karimov ilgari surgan konseptual fikrning to‘g‘ri varianti qaysi? "Ma'naviyat insonning, xalqning
jamiyat, davlatning kuch-qudratidir. U yo‘q joyda hyech qachon … bo‘lmaydi”.
91. «Hidoya» («To‘g‘ri yo‘l») asari kimning qalamiga mansub?
92. I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan milliy-ma'naviy tiklanish konsepsiyasi ilk bor qachon va qaysi asarda keltirilgan?
93. "Istiqlol” so‘zi qanday ma'noni anglatadi?
94. Ma'naviy barkamollikning mafkuraviy asoslari.
95. «Bizga bitiruvchilar emas, maktab ta'lim-tarbiyasini ko‘rgan shaxslar kerak» - iborasi Islom Karimovning qaysi asaridan olingan?
96. Milliy birlik nima uchun kerak deb o‘ylaysiz?
97. Ma'naviy tahdid nima?
98. Toshkentdagi Bo‘zsuv kanali bo‘yida yodgorlik majmui qanday nomlanadi?
99. Chingizxon bilan Jaloliddin Manguberdi o‘rtasida Sind, ya'ni Xind daryosi buyidagi jang nomi bilan tarixda qolgan to‘qnashuv qachon sodir bo‘lgan?
100. Ta'lim tarbiya, axloq-odobga oid hadislar majmuasi bo‘lmish «Sunnan» kitobining muallifi kim?

Ma'lumot yangilangan sana: 26-iyul 2014 yil


Inson qanchalik ko‘p bilsa, u shu qadar kuchli

M. GORKIY