Hududiy xalq ta'limi boshqaruv idoralarining ma'naviy-axloqiy tarbiya ishlari bo‘yicha bosh mutaxassislari va sho‘ba rahbarlari, umumiy o‘rta ta'lim maktablarining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari va "Dunyo dinlari tarixi” fani o‘qituvchilarini sinovdan (test sinovi, suhbat tartibida o‘tkaziladigan sinov) o‘tkazish maqsadida tayyorlangan test savollari va savolnoma

TEST SAVOLLARI
 
 
 
1.Dinlar qanday turlarga bo‘linadi?
2.Hinduiylik, buddaviylik, konfutsiylik qaysi dinlar guruhiga kiradi?
3.Jahon dinlarining o‘ziga xosligi nimada?
4."Dunyo dinlari tarixi” fanining maqsad va vazifalari qanday?
5.Din nima?
6."Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonun quyidagilardan qaysi biri qamrab oladi?
7. Sho‘ro davrida dinga munosabat qanday bo‘lgan?
8."Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonun ilk bor qachon qabul qilindi?
9."Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra diniy ta'lim qay tariqa amalga oshiriladi?
10.Zardushtiylik qachon qaerda vujudga kelgan?
11.Zardusht kim bo‘lgan?
12.Quyidagi voqyealarning qaysi birini sodir bo‘lish muddati yahudiylar tarixining 1-2-davriga to‘g‘ri keladi?
13.Yahudiylik dini qachon shakllandi?
14.Dovud kim edi?
15.Yahudiylar tarixida m.a. 446-yilda qanday hodisa yuz berdi?
16.Yahudiylik ta'limoti – …?
17.Har yahudiy nimani yoddan bilishi kerak?
18.Quyidagi diniy hukmlardan qaysi biri yahudiylikka xos?
19.Hinduiylik dinini qabul qilish uchun...
20.Sinkhiylik asoschi kim?
21.Sinkhiylik nimaga qarshi kurash bayrog‘iga aylandi?
22. Yurtimizdan chiqqan qaysi allomaning asari "Qur'ondan keyingi ishonchli to‘plam” deb e'tirof etilgan?
23. Quyidagi javoblardan qaysi birida zardushtiylik dini vujudga kelish arafasidagi tarixiy muhit ifodalangan?
24. Zardushtiylikdagi "voxumana” tushunchasi qanday ma'noni anglatadi?
25. "Avesto” kitobi Aleksandr Makedonskiy tomonidan yondirilib yuborilgandan so‘ng qachon qayta to‘liq kitob holiga keltirildi?
26. "Avesto”ning saqlangan qismlarini tashkil etuvchi to‘rt kitobning nomlari qaysi qatorda to‘g‘ri keltirilgan?
27. "Avesto”ning tarkibiy qismi "Yasna” kitobining asosini qanday mazmundagi ma'lumotlar tashkil qiladi?
28. Quyidagi javoblardan qaysi birida yevropalik tadqiqotchilardan "Avesto”ni o‘rganib, u haqidagi ma'lumotlarni jamoatchilikka taqdim etgan olimning ismi-sharifi keltirilgan?
29. Zardushtiylikka ko‘ra, Axuramazdaga adolat uchun kurashda "suv va salomatlik homiysi” sifatida ko‘maklashadigan farishta qanday nom bilan ataladi?
30. Zardushtiylik ta'limotiga binoan, "imon” nimaga asoslangan bo‘lishi kerak?
31. Qaysi din ta'limotida birinchi ho‘kizdan barcha hayvonlar tarqalganligi haqida ma'lumot uchraydi?
32. Quyidagi ta'qiqlardan qaysi biri zardushtiylik diniga xos hisoblanadi?
33. Yahudiylikning muqaddas kitoblaridan biri Talmud yozilishi sababi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
34. M.a. 63 yilda Rim imperiyasi tomonidan Falastin bosib olinishi yahudiy xalqi hayotida qanday o‘zgarish yasadi?
35. Qaysi javobda yahudiylik muqaddas kitobi Tavrotning tarkibiy qismi bo‘lgan besh kitob to‘g‘ri tartibda sanab o‘tilgan?
Buddaviylikda muqaddas kitob…?
Siddxartxa Gautamani "insoniyatni qiyinchilik va azobdan qutqarish yo‘llarini izlash uchun saroyni tashlab ketishiga” qanday holat sababchi bo‘ldi?
38. Buddaga ko‘ra, insoniyat hayot mashaqqatlaridan qutilish uchun kurashish lozim bo‘lgan Trishna, bu...?
39.Tunguz tilida "afsungarlik”, "magiya” – ilohiy kuchlarga ta'sir etish maqsadida amalga oshiriladigan marosimlar majmuasi, bu....?
40.Ojibva qabilasi tilida "uning nasabi, urug‘i” – odamning hayvonot yoki o‘simlikning muayyan turlariga qarindoshlik aloqasi bor deb e'tiqod qilish, bu...?
41.Lotinchada "ruh”, "jon” – hayvonot, o‘simlik va osmon, yer, quyosh, oy, yomg‘ir, shamol, momaqaldiroq, chaqmoq kabilar hamda jonsiz jismlarda ruh, ong va tabiiy qudrat bor deb e'tiqod qilish, bu...?
42.Fransuzchada "but”, "sanam”, "tumor” – mohiyati tabiatdagi jonsiz buyumlarda kishini o‘z maqsadiga erishtirish, ma'lum voqyea-hodisalarni o‘zgartirish qudrati mavjud deb e'tiqod qilish, bu...?
43. Hindistondagi kasta tuzumini saqlab qolishga, braxmanizm dinini isloh qilib, qayta tiklashga urinish natijasida yuzaga kelgan din ...?
44. Hindistondagi kasta tuzumini qabul qilish dinga a'zo bo‘lishning birinchi va asosiy sharti sifatida e'tirof etuvchi diniy ta'limot....?
45. Vedizm, Braxmanizm va Hinduizm dinlariga xos umumiy jihatlari qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
46. Hinduizm dinidagi"trimurti” tushunchasi nimani anglatadi?
47. Rigvedada juda sahiy qilib tasvirlangan hinduizm xudosi...?
48. "Tirtxakar” (yo‘l tuzuvchi, ruhlarni ozod qiluvchi) so‘zi Hindiston dinlarining qaysi birida "payg‘ambar” tushunchasi sifatida ishlatiladi?
49. Berilgan variantlardan qaysi biri barcha hind dinlari uchun umumiy bo‘lgan ta'limot hisoblanadi?
50. Hindiston dinlari ta'limotiga ko‘ra, hayotning maqsadi ruhni yomon karmadan saqlash, yangi karmaning yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik, borini ham asta-sekin yo‘q qilib yuborish uchun nimalarga amal qilishga buyuriladi?
51. Hindiston dinlarining qaysi birida "dunyodagi har bir jism, uning jonli yoki jonsiz bo‘lishidan qat'i nazar, qandaydir darajadagi anglash xususiyati bilan yaratilgan”, deb e'tiqod qilgan holda jonli yoki jonsiz narsalarga ozor yetkazmaslik talab qilinadi?
52. Hindiston dinlari asoschilari orasida kimlar vedalarning ulug‘ligini inkor etib, braxmanlarning hukmronligiga qarshi chiqdi. Insonni ma'naviy yuksaklikka olib boruvchi, ruhni ozodlikka olib chiquvchi deb hisoblangan nafsni tiyish fazilatini keng targ‘ib etdi?
53. Xristianlikning ta'limoti qaysi qatorda aks etgan?
Milliy dinlarining o‘ziga xosligi nimada?
55. ... din e'tiqodiga ko‘ra, chet ellik kishi kamaga ibodat qilsa, bunday faoliyat axloqsizlik sanaladi. Qaysi din ta'limoti haqida so‘z ketmoqda?
56. Milliy dinlar ta'limotida qaysi e'tiqod shakllari ustunlik qiladi?
57. "... xalqi dunyoda berilajak in'omlarning eng haqlisi” ekanligi to‘g‘risidagi e'tiqod milliy dinlardan qaysi birida diniy ta'limot sifatida e'tirof etiladi?
58. "Ular o‘z tasavvurlarida yaxshilik va yomonlik tushunchalarini tabiatan bilganlar, shu tufayli, jamiyatdagi qoida va talablarga tabiiy ravishda rioya qiladilar”. Quyidagi javoblarda kelgan qaysi xalq orasida milliy ruhiyat va iftixorni o‘stirish maqsadida mazkur qarashdan foydalanadi?
59. Quyidagi dinlarning qaysi birida o‘sha dinga kirishning yagona sharti jamiyatda an'anaviy tarzda mavjud bo‘lib kelayotgan ijtimoiy tabaqalarni qabul qilishi lozim hisoblanadi?
60. Tarixiy kelib chiqish nomiga binoan, "kechib o‘tuvchilar” ma'nosini anglatuvchi xalq, bu - ...?
61. Quyidagi javoblardan qaysi birida xristianlik dinining katolik yo‘nalishiga oid aqida keltirilgan?
62. Quyidagi javoblardan qaysi birida xristianlik dinining pravoslavlik yo‘nalishiga oid jihat keltirilgan?
63. Quyidagi javoblardagi diniy unvonlardan qaysi biri pravoslavlik yo‘nalishida asosiy o‘rin tutadi?
64. Xristianlik dinining asosiy g‘oyasi – bu...?
65. Quyidagi javoblardan qaysi biri umumxristian aqidaviy qarashlari hisoblanadi?
66. Xristianlikda protestantlik yo‘nalishi paydo bo‘lishi natijasida...?
67. Xristianlikdagi protestantizm oqimi asoschi kim?
68. Muhammad payg‘ambar (a.s.) tug‘ilgan sana qaysi tarixiy voqyea bilan bir yilga to‘g‘ri keladi?
69. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) qurbonlikdan omon qolgan ikki insonning o‘g‘lidirlar. Bu ikki inson kim?
70. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bilan sodir bo‘lgan qaysi voqyeadan keyin shaytonning u zotda nasibasi qolmagan?
71. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) 20 yoshlarida "Harb ul-fijor” ("Gunohkorlar urushi”)da qatnashdilar. Mazkur jangni bunday nomlanishi sababi...?
72. "Harb ul-fijor” ("Gunohkorlar urushi”)da Payg‘ambarimiz (s.a.v.) vazifalari nima edi?
73. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) payg‘ambarlik berilgandan keyin ham xushnudlik bilan eslaydigan johiliyat davridagi yaxshilik qaysi?
74. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ayollari Xadicha binti Huvaylid (r.a.)dan necha farzandlari bo‘lgan?
75. Makka davrida Muhammad payg‘ambar (s.a.v.)ga nozil bo‘lgan Qur'on oyatlar qanday mavzularni o‘z ichiga oladi?
76. Payg‘ambar (a.s.) buyrug‘i bilan amalga oshirilgan musulmonlarning ilk hijrati qaerga va necha kishidan iborat bo‘lgan edi?
77. Muhammad Payg‘ambar (s.a.v.)ning Makkadan Madinaga hijratlari milodiy qaysi sanaga to‘g‘ri keladi?
78. Qaysi hodisadan so‘ng Muhammad payg‘ambar (s.a.v.) boshligida tuzilgan islom davlati Arabiston yarim orolida to‘la g‘alabaga erishdi?
79. Abu Bakr xalifalik davrida yuz bergan ba'zi arab qabilalarini zakot berishdan bosh tortishi, soxta payg‘ambarlar harakati vujudga kelishi bilan bog‘liq voqyealar islom tarixida qanday nom bilan yuritiladi?
80. Islom dini ta'limotiga ko‘ra, Muhammad payg‘ambar (s.a.v.) qanday mavqyega ega?
81. 1990 yilda ulug‘ allomalarimizdan qaysi birini 1200 yillik tavalludi nishonlandi?
82. Muhaddislar imomi nomiga sazovor bo‘lgan Imom Buxoriyning 1220 yillik tavalludi qachon nishonlandi?
83. O‘tgan bobokalonlarimizdan qaysi birlari "musulmonlarning e'tiqodini tuzatuvchi” degan yuksak sharafga sazovor bo‘lgan?
84. "Avesto” haqidagi eng muhim tadqiqotlardan biri sifatida e'tirof etilib, unda "Avesto”ning 21 kitobi mazmuni sharhlab berilgan 9-asrga oid asar qaysi qatorda keltirilgan?
85. Qaysi din ta'limotiga binoan, bolalarga 7 yoshdan boshlab diniy ta'lim berilgan, 7 yoshga to‘lgan o‘g‘il bolaga maxsus "muqaddas ko‘ylak” kiydirilgan?
86. Qaysi din ta'limotiga muvofiq, dehqonchilik mehnati – ezgulik namoyon bo‘lishining asosiy shakli sanaladi?
87. "Har bir erkak har kuni xudoga xudo uni ayol qilib yaratmaganligiga shukr qilishi lozimligi” haqidagi e'tiqod qaysi din ta'limotida aks etgan?
88. Qaysi qatorda hinduiylik dini vujudga kelish davri to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
89. Hindiston aholisining aksariyati (85 %) hinduiylik diniga e'tiqod qilishida qanday omil yuqori o‘rin tutadi?
90. Hinduiylikka ko‘ra, bosh hudo Brahma nimadan vujudga kelgan deb ishoniladi?
91. Hinduiylikda "momaqaldiroq, bo‘ron va yomg‘ir xudosi” sifatida tasvirlanadi – bu...?
92. Dastlab tabaqachilik, qabiladoshlikni rad etgan teng huquqli insonlar jamoasi shaklida vujudga kelib, so‘ngra mustaqil din bo‘lib shakllangan ta'limot – bu...?
93. Qaysi javobda sinkxizmning muqaddas kitobi nomi keltirilgan?
94. Kelib chiqish o‘zagi o‘zbek tilida "shogird”, "ta'limot” ma'nolarini anglatuvchi din – bu...?
95. Sinkxizm tarafdorlari qanday axloq kodeksi qoidalariga rioya qilishlari lozim hisoblanadi?
96. Konfutsiy tasavvur qilgan ideal inson qanday fazilatlarga ega bo‘lishi kerak, deb ishoniladi?
97. Jamiyat barqarorligini ta'minlash uchun "podsho – podsholigicha, fuqaro – fuqaroligicha, ota – otaligicha, farzand – farzandligicha qolishi kerak” deya fikr bildirgan din asoschi kim?
98. Yaponiyada sintoiylik rasmiy davlat dini sifatida tan olinishida qanday omil katta o‘rin tutdi?
99. Sintoiylik dini asosida qanday g‘oya yotadi?
100. Budda hayotlik chog‘ida tuzgan monaxlik jamoasi qanday nomlanadi?




SAVOLNOMA

Jahon dinlariga qanday xususiyatlar xos?
Milliy dinlar qanday jihatlarga ega hisoblanadi?
"Din” tushunchasi ta'rifi va u haqidagi qarashlarni o‘zaro taqqoslang.
Dinning jamiyatdagi vazifalarini tushuntirib bering.
Prezident Islom Karimov asarlarida kelgan "din” to‘g‘risidagi fikrlarni yoritib bering.
"Vijdon erkinligi” deyilganda nima tushunilishini izohlab bering.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarida vijdon erkinligini kafolatlovchi omillarni qayd eting.
O‘zbekiston Respublikasining "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonuniga ko‘ra diniy ta'lim qay tariqa amalga oshiriladi?
"Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunida ko‘rsatilgan bandlar buzilgan holatda qanday jazo choralari belgilangan?
O‘zbekiston Respublikasi hududida davlat va din munosabatlari qanday tamoyillarga asoslangan?
Mustamlakachilik davrida vijdon erkinligi, din va diniy tashkilotlarga nisbatan qanday munosabat shakllangan edi?
Buyuk muhaddis olim – Imom al-Buxoriyning islom madaniyati rivojida tutgan o‘rniga baho bering.
Zardushtiylik dinining paydo bo‘lishidagi tarixiy shart-sharoit nimalardan iborat edi?
Yahudiylik dinining o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?
Yahudiylik dini muqaddas kitoblari haqida ma'lumot bering.
Yahudiylik marosimlari haqida so‘zlab bering.
Hinduiylik dini paydo bo‘lish tarixi haqida ma'lumot bering.
Hinduiylikni jahon diniga aylanmaganligida qanday omillar yuqori o‘rin tutdi?
Hindistonda mavjud bo‘lgan kastachilik tartib qanday mazmunga ega?
Sikhiylik insondagi qaysi qusurlarni asosiy deb hisoblaydi?
Sikhiylik va hinduiylik dinlarining o‘xshash va farqli jihatlari.
Konfutsiylikdagi ideal fuqaro, ideal jamiyat haqidagi taxlimotlarning mazmunini tushuntirib bering.
Sintoiylik dini ta'limoti haqida nimalarni bilasiz?
Yapon jamiyatida sintoiylik va buddaviylik dinlarining tutgan mavqyeini nimalarda namoyon bo‘ladi?
Siddxartxa Gautama shaxsiyati va faoliyati.
Buddaviylikning muqaddas kitobi to‘g‘risida so‘zlab bering.
Buddaviylikdagi "to‘rt oliy haqiqat” ta'limoti qanday mazmun kasb etadi?
Xristianlik dini paydo bo‘lishidagi tarixiy shart-sharoitlar haqida ma'lumot bering.
Iusus Xristos haqida nimalarni bilasiz?
Xristianlik ta'limoti qanday e'tiqodlarga asoslanadi?
Xristianlikdagi katolik, pravoslav va protestantlik yo‘nalishlarining umumiy va farqli jihatlari bo‘yicha fikr bildiring.
"Islom” so‘zining ma'nosini izohlab bering.
Islom dinini jahon diniga aylanishida qanday omillar mavjud?
Islom dinidagi sunniylik va shialik yo‘nalishlari o‘rtasidagi farqlarni taqqoslang.
"Vido xutbasi” musulmonlar taqdirida qanday rol o‘ynagan?

Ma'lumot yangilangan sana: 26-iyul 2014 yil


Bilimsizlikdan hech qachon maqtanmaslik kerak: bilimsizlik — ojizlik.

N. G. CHERNISHEVSKIY