O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
F A R M O N I
1999.10.06
PF-2326-son

"ZULFIYA” NOMIDAGI DAVLAT MUKOFOTINI TA`SIS ETISh BO`YIChA
TAKLIFLARNI QO`LLAB-QUVVATLASh TO`G`RISIDA

 
Ayolni muqaddas bilish, unga alohida ehtirom ko`rsatish, ozod va obod yurtimiz kelajagi bo`lgan har tomonlama yetuk yoshlarni tarbiyalashdagi beqiyos o`rnini yana bir bor e'tirof etish, barkamol, oqila xotin-qizlar avlodini voyaga yetkazish, ular orasidagi iqtidorli yoshlarning adabiyot, san'at, fan va madaniyatni rivojlantirishdagi yutuqlari, tengdoshlarining milliy istiqlol g`oyalari va madaniy-ma'naviy qadriyatlarga e'tiqodining yuksalishi yo`lidagi ibratli faoliyati, keng ko`lamli islohotlarni jadallashtirishdagi faol ishtirokini rag`batlantirish maqsadida:
1. O`zbekiston xotin-qizlar Qo`mitasi, Fanlar akademiyasi, Badiiy akademiya, "Ma'naviyat va ma'rifat" jamoatchilik markazi, Yozuvchilar, Bastakorlar, Me'morlar uyushmalari, "Oltin meros", "Kamolot", "Umid", "Ulug`bek", "Navro`z" jamg`armalari va keng jamoatchilikning Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini ta'sis etish bo`yicha takliflari ma'qullansin.

Ma'lumot yangilangan sana: 20-fevral 2013 yil


Adashgan aqldan ozar