O’zbekiston Pespublikasi Xalq ta’limi Vazirligining 2019 yil 28 dekabrdagi 405-sonli buyrug’iga asosan 2019-2020 o’quv yilining 3-choragidan boshlab umumta’lim maktablarining 10-11-sinflarida fanlar ixtiyoriy tanlov asosida o’qitilmoqda.
Mazkur loyiha 2019-2020 o’qish yili yakuniga qadar tajriba-sinov tariqasida o’tkazilib, agar ijobiy natija bersa, kelgusida to’liq amaliyotga joriy etiladi. Yangi tizim o’quvchilarga maktabning o’zida oliy o’quv yurtiga kirish imtihonlariga tayyorlanishi uchun imkoniyat yaratib, repetitorga ehtiyojni kamaytiradi.
Sir emaski, hozirgi kunda tumanimizda turli fanlardan repetitorlik kurslari tashkil qilingan bo’lib, ularda bir fandan tayyorgarlik ko’rish uchun narxi oyiga har o’quvchiga o’rtacha 100-120 ming so’mdan to’g’ri kelmoqda.
Yuqoridagi loyiha asosida o’quvchilar fanlarni ixtiyoriy tanlov asosida o’qib-o’rgansalar, o’quvchilarning ham vaqti tejalib, ota-onalar repetitorga sarflayotgan mablag’larini boshqa foydali yo’nalishlarga sarflashi uchun imkon yaratiladi.
Ta’kidlash joizki, yangilikning joriy qilinishi ixtiyoriy bo’lib, maktabda tanlov sinfini tashkil etishda shu fanlardan yuqori malakali, tajribali o’qituvchilarning mavjudligi inobatga olinadi. Tanlov-sinfi yo’nalishi 10-11-sinflar kesimida, o’quvchilar o’rtasida so’rovnoma o’tkazish orqali aniqlanadi. Bunda 1 nafar o’quvchi faqat bitta yo’nalishni tanlashi yoki tanlov sinflari quyidagi 5 ta yo’nalishda tashkil etilishi mumkin: xorijiy til, iqtisod, texnologiya, tabiiy fanlar va ijtimoiy-gumanitar fanlar yo’nalishlari bo’yicha tashkil etiladi.
Bizning 64-sonli umumta’lim maktabimiz o’quvchilaridan olingan so’rovnoma natijalariga ko’ra, ijtimoiy-gumanitar yo’nalishida 10-sinfdan har biri 25 o’quvchidan iborat bitta, 11-sinfdan bitta, jami 2 ta tanlov sinfi tashkil etilib, dars mashg’ulotlari o’tkazilmoqda. Dars mashg’ulotlarida nafaqat tavsiya qilingan darsliklardan, balki qo’shimcha manbalardan ham foydalanilmoqda. Maktabdagi kompyuter sinfi bepul internet tarmog’iga ulangan bo’lib, tanlov sinfi o’quvchilari darsdan keyin Davlat test markazining “Onlayn test” tizimi orqali ona tili, matematika, O’zbekiston tarixi kabi oliy o’quv yurtiga kirish imtihonlari uchun majburiy bo’lgan fanlardan test savollari echib, tayyorgarlik ko’rishmoqda.
Mazkur yangilik ko’pchilik uchun ayni muddao bo’ldi. Ammo uning maktablarda qanday tashkil etilishi va sifati qay darajada bo’lishini oliy hakam, vaqt ko’rsatadi.
Oybek QUPBONOV,
Amudaryo tumani XTBga qarashli 64-sonli maktab o’qituvchisi.