Otaliqqa olingan maktablarning moddiy texnik bazasi mustahkamlanmoqda
Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2019 yil 23 avgust kungi «Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va jamiyatda o’qituvchi mavqeini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi 34-sonli videoselektor majlisi va O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2019 yil 28 avgusttagi 15-sonli majlis bayonida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 12-fevral kuni Qoraqalpog’iston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri Amanjol Ayapov raisligida uchrashuv bo’lib o’tdi.
Uchrashuvga Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Yoshlar siyosati manaviy-marifiy ishlar bo’yicha kotibiyati I.Axmedov, xalq ta’limi vazirligining xodimlari va respublikamizdagi otaliqqa olingan 91ta umumta’lim maktablari direktorlari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida respublikamizdagi otaliqqa olingan umumta’lim maktablarida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalar tug’risida muhokama etildi.
Shu bilan birga, yig’ilish ishtirokchilari maktablar faoliyatining samaradorligini oshirish va sifatli ta’lim xizmatlarini ko’rsatish mavzularini ham muhokama etdilar.
Ushbu tashabbuslarning asosiy maqsadi barcha maktablarning faoliyatini yaxshilash va ularda bolalarga sifatli ta’lim berilishini ta’minlashdir.
Uchrashuv ishtirokchilari ta’lim tizimi uchun yuqori malakali pedagoglarni tayyorlash, o’quv dasturi, darsliklar va o’qituvchilarni qayta tayyorlash tizimini qayta ko’rib chiqish masalalari bo’yicha ham fikrlar almashildi.
Ta’kidlash joizki, vazirliklar va idoralar rahbarlari, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, tumanlar va Nukus shahar hokimlari o’zlari va o’rinbosarlari bittadan maktabni otaliqqa olish yuzasidan aniq takliflar Xalq ta’limi vazirligiga kiritilgan. Shuningdek, 2020 yil davomida ushbu rahbarlarning maktablarga tashrif buyurish reja-grafigi tasdiqlandi.
Qolaversa, 2020 yil davomida maktablarga tashrif buyurish reja-grafigi doirasida quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflar ishlab chiqilgan: Ya’ni,
“vazir soati”, “tadbirkor va bankirlar sabog’i” kabi dars amaliyotlarini joriy qilish va maktablarda ijro organlari rahbarlari, salohiyatli tadbirkorlar, malakali bank xodimlari dars o’tishlarini ta’minlash;
nuroniy va keksalarning o’zlarining boy hayot yo’li va ibratli tajribasini yoshlarga etkazish bo’yicha uchrashuvlarni tashkil etish;diniy ulamolarning maktablarda ma’rifat, bag’rikenglik, odob va axloq me’yorlari hamda ulug ajdodlarimizning ma’naviy merosini o’rgatishlarini tashkil etish kabi ishlar yo’lga qo’yilgan va bugungi kunda mazkur reja-grafik asosida amalga oshirilmoqda. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi biriktirilgan maktablarda hudud, sektor, vazirlik va idoralarning rahbarlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni keng ommaga targ’ib qilish va jamoatchilik bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida maxsus veb-sayti (my.uzedu.uz) ishga tushirilgan. 2020 yilning 10 fevralida otaliqqa olingan umumta’lim maktablariga jami 2 mlrd 76 mln 478 ming sӯm mablag’ ajratilib, maktablarning moddiy-texnik bazasi yaxshilanib, o’quvchilar uchun qo’lay sharoitlar yaratilmoqda.