Qoraqalpog’iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi

Qoraqalpog’iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining asosiy vazifalari va faoliyati yo’nalishlari quyidagilardir:

  • umumiy o’rta va maktabdan tashqari ta’lim sohasida o’quvchilarning ma’naviy-axloqiy, intellektual va jismoniy rivojlanishi darajasini yanada yuksaltirishga yo’naltirilgan yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;
  • maktabdan tashqari ta’limga bo’lgan umumiy o’rta ta’lim davlat ta’lim standartlari va davlat talablariga muvofiq umumta’lim muassasalari faoliyatini metodik boshqarishni amalga oshirish;
  • o’qituvchi kasbining maqomi va obro’sini ko’tarish, umumta’lim muassasalari xodimlari, shuningdek, xalq ta’limi tizimi xodimlarining moddiy va ijtimoiy qo’llab-quvvatlanishini ta’minlash, ularning samarali mehnat faoliyati uchun munosib sharoitlar yaratish;
  • o’quv-tarbiya jarayoniga ta’limning innovatsion shakllarini, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini, kasbiy yo’naltirishning samarali uslublarini, o’quvchilarning o’quv, psixologik va jismoniy yuklamalari optimallashuvini inobatga olgan holda o’qitish va tarbiyalashni joriy qilish;
  • umumta’lim muassasalarida chet tilini o’qitishning samaradorligini ta’minlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
  • mazmun va sifat jihatidan xalqaro talablarga javob beradigan, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo’llagan holda yangilangan o’quv rejalari va dasturlariga muvofiq ishlab chiqilgan o’quv va o’quv-metodik adabiyotlarning yangi avlodi yaratilishi va nashr etilishini tashkil qilish;
  • nodavlat ta’lim xizmatlari sektorini yanada rivojlantirish, xalq ta’limi sohasida davlat-xususiy sheriklik uchun qulay sharoitlar yaratish;
  • pedagogik kadrlarni tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo’yicha ilg’or va shaffof tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni joriy etish;
  • «Mehribonlik» uylari faoliyatini takomillashtirish, ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarning ijtimoiy-psixologik reabilitatsiyasini va huquqiy himoya qilinishini ta’minlash, ularning ijtimoiy-mehnat ko’nikmalarini hosil qilishiga va jamiyatga uyg’unlashuviga ko’maklashish;
  • jismoniy rivojlanishida turli nuqsonlari bo’lgan hamda davolanish va sog’lomlashtirishga muhtoj bo’lgan bolalarga ijtimoiy kafolatlarni ta’minlovchi chora-tadbirlar samaradorligini yanada oshirish, ularning ta’lim va tarbiya (shu jumladan, inklyuziv) olishlariga ko’maklashuvchi mos muhitni yaratish, imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari (maktablar, maktab-internatlar) faoliyatini takomillashtirish;
  • o’quvchilarni umuminsoniy qadriyatlar, yuksak ma’naviyat, insonparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga mustaqillik g’oyalarini yanada chuqur singdirish, milliy mentalitetga yot g’oyalarga qarshi immunitetni mustahkamlash;
  • umumiy o’rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari tomonidan davlat ta’lim standartlari va talablarining bajarilishining tizimli monitoringini olib borish;
  • umumta’lim muassasalarining 10-11-sinflari o’quvchilariga kasb-hunar ta’limini ta’minlash bo’yicha faoliyatni muvofiqlashtirish;
  • xalq ta’limi tizimidagi muassasalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularning bino va inshootlaridan foydalanish bo’yicha ishlar monitoringini olib borish va ushbu ishlarni muvofiqlashtirish.