Vazirning asosiy funktsional vazifalari
1) O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etish;
2) Vazirlikning faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonun hujjatlari bilan Vazirlikka yuklangan vazifalar va funktsiyalar bajarilishini tashkil etish;
3) O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Vazirlik faoliyatini yanada takomillashtirish bo’yicha kompleks dasturlar va tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
4) Vazirlik, uning hududiy bo’linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyati bilan bog’liq prognoz ko’rsatkichlariga erishishni so’zsiz ta’minlash bo’yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
5) O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi xizmatlari va Vazirlar Mahkamasi komplekslari, shuningdek, Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar bӯyicha tegishli vazirliklar va idoralar bilan hamkorlik qilish;
6) o’z o’rinbosarlari vakolatlarini belgilash, ular o’rtasida vazifalarni taqsimlash, Vazirlikning boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini belgilash, Vazirlik faoliyatining alohida uchastkalariga rahbarlik qilish uchun o’z o’rinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning shaxsiy mas’uliyati darajasini belgilash;
7) Vazirlik faoliyati rejalashtirilishini tashkil etish, Vazirlik va o’z o’rinbosarlarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash;
8) Vazirlik xodimlarini tizimli qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;
9) Vazirlik tizimida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo’yish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Vazirlikning kadrlar zaxirasini shakllantirish;
10) o’z o’rinbosarlari va hududiy bo’linmalar, shuningdek, idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari faoliyati samaradorligini va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, Vazirlik hay’ati majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari bo’yicha zarur chora-tadbirlar ko’rish;
11) Vazirlik xodimlarini rag’batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, o’z o’rinbosarlarini rag’batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolishining maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni ko’rib chiqish to’g’risida takliflar kiritish, ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirishga doir tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
12) Vazirlik xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Vazirlik xodimlarining odob-axloq qoidalari (keyingi o’rinlarda Vazirlik xodimlarining odob-axloq qoidalari deb ataladi) talablariga rioya etilishini ta’minlash;
13) «Korruptsiyaga qarshi kurashish to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Vazirlik tizimida korruptsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko’rish, shuningdek, huquqni qo’llash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga ko’maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
14) Vazirlik va uning hududiy bo’linmalari, shuningdek idoraviy mansub tashkilotlar ishini tashkil etishning zamonaviy shakllari joriy etilishini ta’minlash;
15) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko’rib chiqishga doir samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan to’g’ridan-to’g’ri va ochiq muloqotni yo’lga qo’yish, «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;
16) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlikni, ularning faoliyatida Vazirlik xodimlari va rahbarlarining faol ishtirok etishini tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlari o’z vaqtida va to’liq ko’rib chiqilishini ta’minlash;
17) davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.
18) Markaziy apparat va hududiy bo’linmalar to’g’risidagi nizomni, Vazirlik tizimiga kiradigan idoraviy mansub tashkilotlarning ustavlarini belgilangan tartibda tasdiqlash;
19) Vazirlik faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish;
20) Vazirlik markaziy apparati xodimlarini, hududiy bo’linmalar, shuningdek, idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish;
21) Umuta’lim muassasalari rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish bo’yicha kuzatuv kengashlariga tavsiyalar taqdim etish;
22) Vazirlik markaziy apparati, hududiy bo’linmalar, idoraviy mansub tashkilotlar mansabdor shaxslari bajarishi majburiy bo’lgan buyruqlar chiqarish va ko’rsatmalar berish, shuningdek, ularning ijrosini belgilangan tartibda nazorat qilish.