Vazir o’rinbosarining asosiy funkcional vazifalari:
1) O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;
2) Vazir vaqtincha bo’lmaganda tegishli buyruq asosida uning vazifalarini bajarish;
3) Vazirlikning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo’linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va ularga bevosita rahbarlik qilish, ularning xodimlari o’rtasida vazifalarni taqsimlash;
4) Vazirlik faoliyatining mutasaddilik qilinadigan yo’nalishlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Vazirlik faoliyatini yanada takomillashtirish bo’yicha kontseptsiyalar, kompleks dasturlar va kompleks tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
5) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo’linmalar tomonidan prognoz ko’rsatkichlariga erishishni so’zsiz ta’minlash chora-tadbirlarini ko’rish, bo’linmalar rahbarlarining hisobotlarini muntazam eshitish va ushbu ko’rsatkichlarga erishish uchun ularning shaxsiy javobgarligini oshirish;
6) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo’linmalar rahbarlarining har choraklik rejalarini tasdiqlash, ular bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash;
7) Vazirlik hay’ati, Vazirning buyruqlari va topshiriqlari o’z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
8) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo’linmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo’yish bo’yicha Vazirga takliflar taqdim etish, ularning professional, o’z ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash, ularning kasbiy malakasini oshirish chora-tadbirlarini ko’rish, mutasaddilik qilinadigan bo’linmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
9) Vazirlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini to’liq va har tomonlama ko’rib chiqish, ularni puxta moliyaviy, iqtisodiy va huquqiy ekspertizadan va boshqa ekspertizadan o’tkazish;
10) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo’linmalar rahbarlari va xodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, Vazirlik hay’ati majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari bo’yicha zarur chora-tadbirlar ko’rish;
11) xalq ta’limi sohasiga tegishli masalalar bo’yicha Vazirlik faoliyatini takomillashtirishga doir amaliy chora-tadbirlar ko’rish, xalq ta’limi sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish bo’yicha takliflar ishlab chiqish va ularni Vazirga kiritish;
12) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo’linmalar rahbarlari va xodimlarini rag’batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimida qolishi maqsadga muvofiqligiga masalasini ko’rib chiqish bo’yicha takliflarni Vazirga kiritish, funktsional vazifalar va yuklangan vazifalar bajarilishi uchun ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirish bo’yicha tizimli chora-tadbirlar ko’rish;
13) Vazirlik xodimlarining Odob-axloq qoidalari talablariga rioya qilishini, mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo’linmalar rahbarlari va xodimlarining ushbu qoidalarga rioya etishini ta’minlash;
14) huquqni qo’llash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali «Korruptsiyaga qarshi kurashish to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq korruptsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko’rish, shuningdek, ularning sodir etilishiga ko’maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
15) davlat xizmatlari samaradorligi, sifati va ulardan erkin foydalanishni oshirishga doir takliflarni Vazirga kiritish;
16) «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko’rib chiqish bo’yicha samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan to’g’ridan-to’g’ri va ochiq muloqotni yo’lga qo’yish, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;
17) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslar vakillarining O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlari o’z vaqtida va to’laqonli ko’rib chiqilishini ta’minlash;
18) davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.