Amudaryo tumani Oq oltin ovulidagi 7-sonli umumta’lim maktabida “Besh muhim tashabbus – kelajakka mustahkam poydevor” shiori ostida bayram tadbiri bo’lib o’tdi.

Mazkur tadbirda Xalq ta’limi bo’limi mas’ullari, xududdagi umumta’lim maktablari direktorlari, ma’naviy ma’rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosarlari, o’quvchi-yoshlar va ularning ota-onalari ishtirok etdilar.

Mehmonlar ta’lim muassasalarida tashkil etilgan o’quvchilarning ijodiy ishlar ko’rgazmalari, hunarmandchilik san’ati namunalari va to’garaklar faoliyati bilan tanishib chiqdilar. “Zakovat” intellektual o’yini, “Zukko kitobxon” tanlovi va turli sport musobaqalari ham o’tkazildi.

Bayram tadbirlarida umumta’lim maktablaridagi o’quvchi yoshlarning o’z chiqishlari yig’ilganlarni xushnud etdi.

Tadbir so’ngida faol o’quvchilar, ularning ota-onalari va ilg’or o’qituvchilarga XTBning tashakkurnomalari, qimmatbaho sovg’alari, maktab uchun zarur bo’lgan sport anjomlari va badiiy kitoblar topshirildi.