Beruniy tumani Xalq ta’limi bo’limiga qarashli 3-sonli maktabda “Maktabimizga tuhfamiz” aksiyasi tadbiri bo’lib o’tdi.

Aksiyaga tashkilot rahbarlari va shu maktabni o’qib tugatgan nuroniylar hamda ota-onalar qatnashdi.
Bunda ko’zlangan asosiy maqsad kelajak yoshlarning ta’lim-tarbiya olishida har tomonlama sharoit yaratib berish va shu bilan bir qatorda o’quvchilarning qiziqishlarini yanada orttirish.

Aksiya qatnashuvchilari o’qigan maktabiga turli xil sovg’alar bilan kelishdi. O’quvchilar uchun har xil kitoblar, musiqa asboblari, turli xil sport anjomlari bilan «Maktabimizga tuhfamiz» aksiyasida ishtiroq etdi.

Mazkur aksiya orqali siz ham yurtimiz yoshlarining kelajagi uchun o’z hissangizni qo’shing.