Taʼlim inspeksiyasi tomonidan zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan taʼminlangan yirik hajmli xonalarda onlayn tarzda pedagog kadrlar attestatsiyasining malaka (test) sinovlari tashkil etilayotgani haqida avval xabar bergan edik (https://t.me/uztdi/5538) .

Mazkur jarayonlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida oʻtkaziladigan mazkur jarayonlar oʻtkazilish manzillari maʼlum boʻldi.

Ushbu jadval orqali hududlarda malaka (test) sinovlari oʻtkaziladigan binolar bilan tanishishingiz mumkin.

❗️Shuningdek, malaka (test) sinovlari joriy yilning 25-oktyabridan boshlanishi rejalashtirilgan.

📌 Pedagog kadrlar attestatsiyasi malaka (test) sinovlarining fanlar kesimidagi oʻtkazilish muddatlari haqida Taʼlim inspeksiyasining rasmiy kanali (@uztdi) orqali xabar beriladi.