25-oktabr kuni haftalik doirasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Shermatovning Coursera kompaniyasi vakili bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolash bo‘yicha kelishuvga erishildi. Unga ko‘ra, 2023-yildan boshlab 1,2 million o‘zbekistonlik o‘g‘il-qiz IT’ning 3 ta asosiy yo‘nalishi (Frontend, Python course, IT-English) bo‘yicha Coursera platformasida onlayn kurslarda qatnashishi va tegishli sertifikatlarni olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Ushbu kurslarni bitirgan va sertifikatni qo‘lga kiritgan yoshlarning IT kompaniyalarda yuqori daromadli ishlarga qabul qilinishlariga yoki frilans orqali buyurtmalar olishlariga kengroq yo‘l ochiladi.